Annotatsiya Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar jarayoni pedagoglar zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi bilan bir qatorda sohaga yuksak malakali kadrlar yetkazib berishni taqoza etmoqda. Aynan ushbu vazifalarni ado etish va to‘laqonli bajara olish uchun har bir o‘qituvchi o‘z sohasida yuksak bilimdonlik, pedagogik texnika va axloqiy fazilatli bo‘lishi bilan lozim.
O‘quv-uslubiy adabiyotlar majmualarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, bir tomondan, davlat va jamiyat muassasalari, ta'lim idoralari xodimlaridan, ikkinchi tomondan, pedagog-olimlar, ilg‘or o‘qituvchilar, amaliyotchilar, magistratura va bakalavr yo‘nalishida ta'lim olayotgan talabalar tomonidan katta ishlarni bajarishni, ta'lim-tarbiya, ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasida fundamental tadqiqotlar o‘tkazish, pedagogik texnologiyalar loyihalarini ishlab chiqish va ilmiy-tajribada sinovdan o‘tkazish, ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi.
Pedagogikaning bosh masalasi, predmeti tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma'no ta'lim, rivojlanish, ma'lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga etkazishdir. Ma'lumki, Pedagogika nazariyasi va tarixi fani tarbiya va ta'limning inson rivoji, shaxs kamoloti va mutaxassis shakllanishida ta'lim tizimi o‘z ichiga olmaydigan etnik, antropologik, genetik, tarixiylik, mustaqillik, tabiiy-ekologik, ruhiy-hissiy bilish, rivojlanish, komillik omillariga ham suyanadi. Bundan tashqari pedagogika fani oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalari qo‘yiladi.
«Pedagogika nazariyasi va tarixi» fanidan tayyorlangan O‘quv-uslubiy majmuada o‘quv dasturi, ishchi dasturi, ma'ruzalar matni, nazorat savollari, testlar, mustaqil ta’lim mavzulari, tayanch konspekt va taqdimot slaydlari o‘rin olgan.
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua 60110100 – Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda pedagogik bilimlar, inson ta‘lim-tarbiyasiga oid pedagogik-psixologik bilim asoslari muxtasar tarzda bayon etilgan.
Kirish O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun va Davlat ta’lim standartlarida ko‘rsatib o‘tilganidek o‘quv-tarbiya mazmuni va sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, yuksak kasbiy, ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Zamonaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish mamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo‘nalish ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan yangi avlodni shakllantirishni ta'minlaydi.
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma'rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodlarga o‘rgatish, ularni komillikka etaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Insonlarni ma'rifatli va ma'naviy komil bo‘lishi - pedagogika fanini asosiy maqsadidir.
Pedagogikaning bosh masalasi, predmeti tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma'no ta'lim, rivojlanish, ma'lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga etkazishdir. Bu o‘z navbatida insoniyat yaratgan ma'naviy-ilmiy boyliklarga, insonning o‘ziga yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltirdi. Jamiyat manfaatlariga mos ravishda pedagogika nazariyasi va tarixi fani faqat ta'lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik-amaliy tomonidan ta'minlovchi keng sohalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun Pedagogika ta'lim-tarbiyada hayot jarayonining barcha sohalarini, jabhalarini qamrab olmasa, u o‘zining komil inson tarbiyasidagi juda katta asosiy imkoniyatlariga ega bo‘lgan asosiy ijtimoiy fan mavqeini egallay olmagan bo‘lardi. Shuning uchun ham yangi ta'lim konsepsiyasida va mutaxassislar tayyorlash milliy dasturida ta'lim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishi qilib belgilanadi.
Pedagogika nazariyasi va tarixi fanining nazariy asoslari inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga Markaziy Osiyo va jahon ma'rifatparvar, mutafakkir olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalash, o‘qitishning qonun - qoida va tamoyillarining umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Pedagogika nazariyasi va tarixi fanining maqsadi o‘zbek xalqining qadimiy ma'rifiy me'rosining qimmatli manbalari hamda ularda ilgari surilgan g‘oyalarni o‘qib o‘rganish, shaxs ma'naviyatini yuksaltirish, shuningdek, jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga xizmat qiluvchi qarashlarni hozirgi zamon ilmiy – pedagogik tafakkur iste'moliga kiritishdan iboratdir.
“Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanini o‘qitishda mavjud mavzuning barchasi ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o‘tiladi. Mavzularning mazmuni va hajmiga qarab ularda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning ayrim usul va texnikalaridan foydalaniladi.
KM1
qo‘yilgan zamonaviy talablar, ta'lim oluvchilar shaxsi omillari, uning shakllanish taraqqiyoti, yagona o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amapga oshirish, tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillarini amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi - pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini o‘tkazish, ta'limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo‘llash, pedagogik vaziyatlarni, ta'lim va tarbiya natijalarini tahlil etish, o‘quvchilar jamoalarini o‘rganish, ta'limda orqada qolish sabablarini aniqlash, pedagogika tarixi kishilik jamiyatining taraqqiyot tarixi va hayotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishdir.