Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə99/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

Laboratoriya mashg‘ulotlari - talabalar mustaqil ravishda vazifa bajaradilar yoki eksperiment o‘tkazadilar. Laboratoriya mashg‘ulotlari talabada tadqiqot o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantiradi, fan va texnikaga ijodiy yondashishni ta‘minlaydi, eksperimentning umumiy metodikasini egallashga imkon beradi.
Loyiha - (lotincha projectus – oldinga tashlangan) – tasvir, asoslanma, aniq hisob kitob, chizmalar shaklida aks ettirilgan g‘oya, ma'lumotning mohiyatini ochib beruvchi, ularni amalga oshirishning aniq yo‘llarini belgilab beruvchi g‘oyalar, fikrlar, obrazlardir.
Magistr -so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «Boshliq» degan ma'noni anglatadi.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir.
Malaka – ongli, xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Yoki malaka – faoliyat jarayonida uning biror bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish qobiliyatidir.
Ma‘lumot – ta‘lim-tarbiya natijasida, hosil qilingan bilim, ko‘nikma va malakalar, dunyoqarashlar majmuiga aytiladi. Ta‘lim, tarbiya va ma‘lumot uyg‘unlashgan yagona jarayon bo‘lib, o‘qituvchi-tarbiyachi ularning shakllanishida yetakchilik qiladi.
Maktab pedagogikasi - maktab yoshdagi o‘quvchilar ta'lim tarbiya sohasining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi- maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish, tarbiyalashning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi.
Maktab hujjatlarini o‘rganish - o‘quvchilarning shaxsiy delolari, metodistlarninng xabarlari, sinf jurnallari, kundaliklari, yig‘ilishi va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta‘lim-tarbiya ahvoli, darajasi haqida ob‘ektiv axborot manbai hisoblanadi. Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma‘lumotlar olinadi.
Matematik metod – ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan, anketalashtirish yo‘li bilan to‘plangan materiallarni yoki ma‘lumotlarni umumlashtirish uchun) qullaniladi. Bu metod eksperiment natijalarini aniq baholashini, xulosalarning ishonchli bo‘lishini ta‘minlaydi.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin