O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar: 1. Shaxs rivojlanishiga qaysi omillar ta'sir etadi?
2. Tarbiya nima?
3. Tarbiyaning qanday qoidalari mavjud?
4. Tarbiyada izchillik, tizimlilik va uzluksizligi qoidasining ahamiyati
nimadan iborat?
5. Tarbiya usullariga ta’rif bering?
6. Xalq pedagogikasida eng ko‘p qo‘llanilgan tarbiya usullarini ayting?
7. Tarbiya usulidan namuna va tushuntirish usulini izohlab bering?
8. Rag‘batlantirish usuli qachon qulaniladi?
9. Jazo nima, jazo choralariga nimalarni kiritish mumkin?
10. Pedagoglar faoliyatda qaysi jazo choralarini qo‘llash mumkin emas?
Reja: 4. 1. Didaktika haqida tushuncha. 4. 2. Bilish – ta‘lim jarayonining metodologik asosidir. 4. 3. Ta‘lim jarayoni mohiyati va uning ikki tomonlama xususiyati. 4. 4. Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati jarayonidir.
Adabiyоtlar: 1, 7, 10, 16, 19, 21. Tayanch iboralar: didaktika, ta‘lim jarayoni, bilish, nazariya, amaliyot, o‘qituvchi, o‘quvchi-talaba faoliyati, ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalari, bilish qobiliyati va h.k.
4. 1. Didaktika haqida tushuncha. Didaktika pedagogikaning bir qismi bo‘lib, unda ta‘lim nazariyasi bayon etiladi. Didaktika ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismidir.
Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, «Didayko» - o‘qitish, «Didaskol» - o‘rgatuvchi degan ma‘noni anglatadi. Uning so‘zma-so‘z tarjimasi Ta‘lim nazariyasini bildiradi. Ta‘lim nazariyasi ta‘lim jarayoni, uning mohiyatini, ta‘lim qoidalari, usullari hamda tashkiliy formalarini o‘z ichiga oladi. Didaktika o‘z oldiga o‘qitishning o‘quvchi-talabalarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini quyadi.
Didaktikaning predmeti ta‘lim-tarbiya muassasasi sharoitida o‘qituvchining rahbarligi ostida amalga oshadigan o‘quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta‘lim-tarbiya muassasalarida beriladigan ta‘lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o‘qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo‘llari hamda ta‘limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi. Didaktika pedagogikaning ta‘lim va ma‘lumot berish soxasi hisoblanadi. Shuning uchun ham didaktika fanining predmeti ta‘lim va ma‘lumotdir.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida didikatika doir o‘lmas asarlar yozib qoldirgan bir qancha buyuk mutafakkirlarimizning xizmatlari beqiyosdir. Vatandoshlarimizdan Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, M. Ulug‘bek, A. Navoiy kabi allomalarimiz tibbiyot, mantiq, musiqa, adabiyot, geografiya, matematika kabi ilmlarni o‘qitish vositasida avlodlarni tarbiyalash g‘oyasini olg‘a surdilar. Kaykovusning «Qobusnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Yusuf Xos-Hojibning «Qutadg‘u-bilig», A. Navoiyning «Maxbubul-qulub» (Ko‘ngillar sevgisi) asarlarida ilg‘or pedagogik qarashlar ham ifodalangan. Ular dunyoviy ta‘limni keng rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar.
Sharqu g‘arb ma‘naviy merosi asosida pedagogik jarayondan markaziy o‘rin olgan didaktika doimo rivojlanib bordi. Didaktikaning asoschisi XVII asrning buyuk chex pedagog-olimi Yan Amos Komenskiydir. Yan Amos Komenskiy (1594-1670) butun dunyoda pedagogik fikrlar va maktablar taraqqiyotiga juda o‘lkan xissa qo‘shgan yetuk olimdir. Uning 1657 yilda yozgan «Buyuk didaktika» asari o‘qitishni rivojlantirishga g‘oyat sezilarli ta‘sirini ko‘rsatdi, shuning uchun ham bu asar jahon pedagogikasi oltin xazinasining noyob gavhari hisoblanadi.
Yan Amos Komenskiyning insoniyat oldidagi buyuk xizmatlaridan biri-ta‘limning sinf-dars sistemasini ishlab chiqishdan, dars maktabda o‘qitishning asosiy shakli ekanligini asoslab berishdan iboratdir. Yevropada didaktikaning rivojlanishida Yan Amos Komenskiydan keyin rus pedagogi K.D. Ushinskiyning ham xizmatlari katta.
O‘zbekistonda (keyingi yillarda) didiktik ta‘limning tashkil topishi va rivojlanishi A. Avloniy, X.H, Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Qori Niyoziy, M. Behbudiy, O. Sharafiddinov kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog‘liq.
XX asrdan boshlab didaktika zamonaviy soha sifatida shakllana boshladi. Jumladan, pedagogika-psixologiya sohasida yangi yo‘nalishlar, o‘qitishning ilg‘or pedogоgik texnologiya asosidagi o‘qitish usullari kulami rivojlandi. Yangi pedagogik texnologiya asosida o‘qituvchilar faoliyati shakllanmoqda, shuningdek masofaviy ta‘lim, axborot texnologiyasi yordamida dars berish hozirgi zamonaviy o‘qituvchining faoliyatida ko‘rinmoqda.