Maktab hujjatlarini o‘rganish - o‘quvchilarning shaxsiy delolari, metodistlarninng xabarlari, sinf jurnallari, kundaliklari, yig‘ilishi va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ahvoli, darajasi haqida obyektiv axborot manbai hisoblanadi. Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma’lumotlar olinadi.
Eksperiment – so‘zi lotincha «sinab ko‘rish», «tajriba qilib ko‘rish» ma’nosini anglatadi. Eksperimental – tajriba ishlari asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Tajriba ishlari ta’lim va tarbiya o‘rtasidagi qonuniy aloqalarni aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi usullarin tadbiq etishga, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining borishini, tuzilish va natijalarini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini beradi.
Eksperiment usuli sharoitga qarab 3 xilda o‘tkaziladi:
1) Tabiiy eksperiment. 2) Laboratoriya eksperimenti.
3) Amaliy tajriba.
Matematik metod – ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan, anketalashtirish yo‘li bilan to‘plangan materiallarni yoki ma’lumotlarni umumlashtirish uchun) qullaniladi. Bu metod eksperiment natijalarini aniq baholashini, xulosalarning ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Tadqiqot natijalari va ularni amalga tadbiq etish.Pedagogikada bu jarayon turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Chunonchi, tadqiqotchilarning seminarlarda, ilmiy konferensiyalarda tadqiqot natijalari bo‘yicha ma’ruzalar bilan chiqish ilmiy maqolalar, kitoblar nashr etish, o‘qituvchilarga mo‘ljallangan metodik tavsiyalari bo‘lishi mumkin. Pedagogikada hali hal etilmagan muammolar juda ko‘p. Bular ilmiy – tadqiqot olib borish yo‘li bilan hal etiladi.
Demak, pedagogika shaxsni muayyan maqsadga qarata ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirish, tarkib toptirish mohiyati va qonuniyatlari haqidagi fandir.