Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi


Tarbiyaning ijtimoiy hodisa ekanligi



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə19/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

2. 3. Tarbiyaning ijtimoiy hodisa ekanligi.
Ma’lumki, pedagogikaning asosiy vazifa, predmeti bo‘lgan tarbiya ijtimoiy hodisadir. Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo‘lgan va bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan tarbiya avlodlar o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Kattalar o‘zlari turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o‘zidan keyingi avlodga o‘rgatib borganlar. Demak, tarbiyalash avvalo ijtimoiy hayot jarayonida yig‘ilgan tajribalarni avlodlarga yetkazib berishdir. Tajriba ijtimoiy hodisa sifatida inson shaxsini tarkib toptirish uni hayotga tayyorlash va shunday bo‘lib qoladi. Shaxs kamoloti murakkab dialektik jarayon bo‘lib, kishiga ta’sir ko‘rsatadigan obyektiv, subyektiv omillar stixiyali va maxsus (ongli) yo‘naltirib boriladi.
Ibtidoiy jamoa davrida ta’lim-tarbiya umumning ishi hisoblangan. Butun bir jamoa bir kishi rahbarligida ov qilgan, mehnat qilgan boshqarib borilgan. Quldorlik jamoasi davriga kelib quldorlarning bolasiga beriladigan tarbiya bilan qulning bolasiga beriladigan tarbiyada tafovut vujudga keldi. Bu davrga kelib tarbiya borasida uyg‘onish (rezonans) davri boshlandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki ta’lim-tarbiyaning tamal toshini belgilaydigan qonun-qoidalar, urf-odatlar tizimi shakllandi, taraqqiy etdi. Barcha xildagi tajriba shakllari ham tarbiya mazmunini tashkil etavermaydi. Chunki:
- birinchidan, har qanday o‘tmish tajribasida jismoniy, ma’naviy-axloqiy jihatdan eskirgan, yaroqsiz tomonlar mavjud.
- ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlariga ko‘ra va ham usuliy, ham moddiy asosning yetishmasligi sababli to‘plangan tajribaning hammasini olish imkoniyati yo‘q va hoxozo. Eng muhimi, jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga va kelajakda kutiladigan o‘zgarishlarni hisobga olib tarbiya mazmunini shakllantirish darkor. Biz xoxlaymizmi, yo‘qmi har qanday jamiyat o‘ziga xos ta’lim-tarbiyaga muhtoj va bunday ta’lim-tarbiyani yaratadi, ham. Jamiyatga zarar keltiruvchi jihatlarni qabul qilmaydi, balki uni tag-tugi bilan yo‘qotish uchun kurashadi va o‘zligini topishga intiladi.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin