MAVZU: XIX ASRNING IKKINCHI YARMI VA XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON O‘LKASIDA TARBIYA MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR
REJA: XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida maktab, tarbiya va pedagogik fikrlar
XIX asrning ikkinchi yarimida Turkistonda maktab tuzilmasi.
V.P.Nalivkinning ta’lim rivojidagi xizmati.Turkistonda rus-tuzem maktablarining ochilishi. Yerlik aholi uchun rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi.
Turkistonda jadidchilik harakati M.Behbudiy M.Qori Abdurashidxonov, A.Avloniy va A.Shakuriylarning yangi usul maktablarini ochishdagi xizmatlari.
Markaziy Osiyo zaminida Temuriylar hukmronligi inqirozga yuz tutgandan keyin, bu o‘lkani qo‘lga kiritish uchun jahonning ko‘pgina mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri chor Rossiyasi edi. Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Chunki bu davrda sobiq imperiya o‘rnida 3 ta xonlik - Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo‘qon xonliklari bo‘lib, bular o‘rtasida nizo kuchaygan edi. Bundan foydalangan chor hukumati o‘zining yovuz niyatlarini amalga oshirishga kirishib dastlab Qozog‘istonni o‘zlariga tobe qildilar. So‘ngra Qozog‘iston orqali 1864-yilda Turkmaniston, Chimkent, Avliyo otani, 1865-yilda Toshkentni zabt etdilar. 1867-yilda Yettisuv viloyati, 1868-yilda Samarqand, 1876-yilda Farg‘ona viloyati Rossiya qo‘liga o‘tdi. 1876-yil 19- fevralda podsho Aleksandr II Qo‘qon xonligi tugatilganligi to‘g‘risida buyruqqa imzo chekdi. 1885-yilga kelib Markaziy Osiyoning hamma yerlari Russiya tasarrufiga o‘tdi va o‘lkada Turkiston general-gubernatorligi tashkil etiladi. 1875- yil Turkistonda xalq maorifi haqida qonun e’lon qilindi, unga binoan general- gubernatorlik tasarrufida o‘lka o‘quv yurtlari boshqarmasi tashkil etildi.
Tadqiqotchi olim Y. Abdullayevning ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘rsatilishicha Markaziy Osiyoda, jumladan, Turkiston o‘lkasida mahalliy maktablarning xususi- yati, ta’lim-tarbiyaning mazmuni uni tashkil etish usullari o‘sha davr tarbiyasi maqsadiga mos bo‘lgan. 1876-1917-yillar oralig‘ida Turkiston o‘lkasida turlicha ta’lim muassasalari bor edi. Bular:
Mahalliy xalq mablag‘i hisobiga tashkil etilgan musulmon diniy maktablari:
maktab (xona) eski maktab;
qorixona (Qur’onni o‘quvchilar maktabi);
madrasa.
«Yangi usul» maktablari (usuli jadid).
S. Boshqaruvchi tizim xalq ta’limi maktablari:
Umumrus tipidagi maktablar:
umumiy ma’lumot maktablari (boshlang‘ich, kuchaytirilgan tipdagi va
o‘rta);
kasb maktablari;
Tub aholi uchun maktablar
rus-tuzem maktablari va bilim yurtlari;
rus tilini o‘rgatish kurslari.
Ovrupoliklar uchun mahalliy til kurslari.
asrning o‘rtalarida Turkiston o‘lkasida boshlang‘ich ma’lumot beradigan maktab hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar faoliyat olib borgan. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko‘pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang‘ich maktablar edi. Bunday maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Maktablarda o‘qitish eng oddiy diniy vazifalarni o‘rgatish bilan, ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o‘qishni o‘rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo‘lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi.
Shahar maktablarida o‘quvchilar soni 20-30 taga qishloq joylarida esa 10-15 taga yetar edi. O‘qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o‘zlashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda o‘g‘il bolalarni «Domla» deb ataluvchi o‘qituvchi (odatda machitlar imomlari) dars berganlar. Qizlarni esa savodxon ayollar (Toshkentda otinbibi, Buxoroda bibixalifa yoki bibiotin, Xivada - edtibibi) dars berishgan. Savod chiqarishda harflarni hijjalash (arabchada hijo - bo‘g‘in) usulidan foydalanilgan. Savod chiqarish uch bosqichda: I bosqichda arab alfavitidagi harflarni yodolishdan boshlangan. Undan keyin kalimai shaodat yod olingan. Bunday o‘quvchilarni odatda taxtaxonlar deb atalgan.
boqichda so‘zlar ichida qo‘yiladigan diakritik belgilar (zer-zabar arabcha harakat) o‘rgatilgan.
«Chor kitob» 4 bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘lim - haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisida iydon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo‘limda rivoyatlar bahs etilgan. Shuningdek, xalq orasida mashhur shoirlarning she’r va g‘azallari o‘qitilar edi. Odatda, bunday maktablarning o‘quvchilari badavlat oilalarning bolalari bo‘lar edi. Ular o‘qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo‘llar edilar, ba’zilari qo‘shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug‘ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o‘qishni davom ettirardilar.
Oliy diniy maktab bo‘lgan madrasada o‘rta asrga oid diniy falsafa va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o‘tilardi. Uning o‘quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o‘zgarib turgan. Madrasa uch bo‘limdan iborat bo‘lgan: birinchi bo‘limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob - arab tili va qonunchilik o‘rgatilar edi. Bu bo‘lim talabasi 9-10 yil o‘qigan.
Ikkinchi bo‘limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati, kalom o‘qitilgan. Unda 7-8 yil o‘qishgan.
Uchinchi bo‘limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o‘qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug‘ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo‘lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. Shaharlardagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari - otinoyilar qizlarni ham o‘qitish bilan shug‘ullanar edilar. Maktab va madrasalarda dars o‘zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi.
Eski maktablarda ba’zi o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Rus tuzem maktablari hamda yangi maktablarning ta’siri ostida ba’zi eski usul maktablarda birmuncha yangiliklar joriy qilindi, - litografiyada bosilgan alifbelar yordamida tovush metodi asosida savod o‘rgatish joriy qilindi, qizlarga o‘qishni o‘rgatish bilan birga yozishni ham o‘rgatishga kirishildi. Bu yangiliklarga ko‘ra o‘zbek maktablari hayotida muhim rol o‘ynadi.
Tadqiqotchi olim O. Muhammadjonovning ma’lumotlariga ko‘ra, XIX asrning birinchi yarmida Turkiston o‘lkasining yirik markaziy shaharlarida quyidagi ta’lim muassasalari bor edi.
Shahar
Maktablar soni
O‘quvchilar soni
Toshkent
120
2000
Buxoro
360
6000
Qo‘qon
300
5500
Andijon
90
1700
Samarqand
80
1000
Marg‘ilon
70
800
Namangan
60
900
Jizzax
10
150
1906-yilga kelib, birgina Samarqand viloyatining o‘zida 1510 ta musulmon maktabi bor edi, ularda 1482 o‘qituvchi 12740 talabaga saboq bergan.
Umuman olganda Turkiston o‘lkasida 1905-1906-yillarda 5290 ta maktab bo‘lib, ularda 70955 talaba ta’lim olgan.
Bu davrga kelib mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xiva xoni Sayid Muhammad Rahimxon Bahodirxoni soniy - Feruz (1844-1910 y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1884-yili o‘z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o‘qituvchisi va Mirzo Rahmonquli qori kabi mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi bilan shug‘ullandilar.
Feruz farmoniga muvofiq 1904-yilning 10-noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo‘shayev degan Turkiy adan kelgan o‘qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi.
Husayn Qo‘shayev 1906-1907 o‘quv yilida xonlikdagi ilg‘or ma’rifatparvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabini ham tashkil etdi. Feruz unga homiylik qilib, xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag‘ ajratib berdi.
Feruz homiyligidagi bu maktabda Husayn Qo‘shayevning turmush o‘rtog‘i Komila Qo‘shayeva qizlarga bilim bera boshladi.
1909-yilga kelib, Feruz qo‘li ostidagi madrasalar soni 130 taga yetib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi.
Feruz Xiva ziyolilari orasida nufuzli o‘rinni egallagan ma’rifatparvar Komil Xorazmiyni Toshkent shahrida gimnaziya va maktablardagi o‘qitish usulini o‘rganib kelishi maqsadida safarga jo‘natadi. Safardan qaytgach, Komil Xorazmiy bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi.
Mazkur maktab o‘quv dasturi hamda rejasiga - riyoziyot, tarix, jo‘g‘rofiya, tabiat, rus tili, mahalliy savod (ona tili) va islomshunoslik kabi fanlarini o‘qitish kiritildi. Mashg‘ulot jarayonida Sharq mutafakkirlari - Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Sa’diy Sheroziy, Mashrab, So‘fi Olloyor kabilar bilan bir qatorda rus shoir, yozuvchilarining asarlari ham o‘rganildi. Shuningdek, u, vohada san’at, maorif va madaniyat rivojiga rahnamolik qilib, saroyda «Podshohi zamon tipolitografiyasi»ni tashkil qildi.
«Litografiya» - yunoncha so‘z bo‘lib «Litos» - tosh va «grafos» yozaman degan ma’noni bildiradi. Bu atama o‘zbek tilida toshbosma tarzida qo‘llanib kelingan.
Feruz saroyidagi bu toshbosmaxonada ilk bor Abu Nasr Forobiyning «Nisobus - sibiyon» (Bolalar nasibasi), Alisher Navoiyning «Hamsa» asaridan parcha, «Hayrat ul-abror» dostoni, Shermuhammad Munisning «Munis ul ushshoq» devoni, Yoqubxo‘ja ibn Ibrohimxo‘janing «Devoni Xolis» to‘plami, Feruzning «Devoni Feruz» va boshqa o‘nlab asarlari nashr etilgan.