o‘rtacha 14,5 foizdan 6,5 foizgacha tushirish ko‘zda tutilgan. Ma’lumki, tashqi
savdoni keyingi erkinlashtirgunga qadar O‘zbekistonda noqishloq xo‘jalik
mahsulotlariga import stavkalari eng yuqori edi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga
esa yaqingacha import bojlari boshqa hamkor mamlakatlarga nisbatan aksincha
past edi. O‘tgan yil oktyabr oyidan boshlab barcha tovarlarga bojxona import
bojlari o‘rtacha 2,5 martaga pasaytirildi. Tashqi savdoning liberallashuvi eksport-
import operatsiyalari kuchayishiga, milliy iqtisodiyotning dunyo bozoridan o‘rin
olishini osonlashtirishga, asosiysi mamlakatimizning qo‘shimcha qiymat global
zanjiriga integratsiyalashuviga xizmat qilishi shubhasiz.
Iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini, jumladan, valyuta bozorini
liberallashtirish, davlatning xalqaro imiji bilan bog‘liq katta voqea. Lekin ular
ustidan, shuningdek, emissiya, chet eldan pul ko‘chirmalari ustidan qat’iy nazorat
o‘rnatilmasa, iqtisodiyotning real o‘sishi va muomaladagi pul miqdori o‘sish
sur’atlari o‘rtasidagi farq sifatida doimo paydo bo‘ladigan inflyatsiyani keltirib
chiqarishi hech gap emas. Monetar siyosat bilan fiskal siyosatni qo‘shib olib borish
bunday holatlarning oldini olish imkonini beradi.
Umuman olganda, barcha xavflarni bartaraf etadigan yagona yo‘l iqtisodiy
o‘sish sur’atlarini tezlashtirish, ishlab chiqarish hajmini oshirishdir.
Dostları ilə paylaş: