Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix20.11.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#166466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Burxonova Malika.(1)

Valyuta siyosati
- valyuta muammolarini hal etish bo’yicha qarorlar 
tayyorlash, qabul qilish va tadbik etishdan iboratdir. Valyuta munosabatlarini 
tartibga solish bir necha pogonalardan iborat: 
xususiy firmalar, birinchi navbatda, valyuta munosabatlarida aktiv ishtirok 
etayotgan va yirik valyuta mablag’lariga ega bo’lgan milliy va xalqaro banklar 
hamda 
korporatsiyalar kiradi; 
xalqaro davlatlar qatoridagi milliy davlatlar (Moliya vazirligi, Markaziy bank, 
valyuta nazorati tashkilotlari). 
Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi 
sabablar bilan shakllangan: 
1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga 
o`zaro bog’liqligi. 
2. Xo’jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoiti-da bozor va davlat 
boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi. 
3. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy 
kuch hisoblangan AQSH o’rnida uchta asosiy hamkorlik va qarama-
qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G’arbiy Yevropa va Yaponiya. 
4. Jahondagi yetakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya'ni suzib yuruvchi 
kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o’zgarishining barqaror 
emasligi. 
5. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir-biriga 
o`zaro bog’liq bo’lmagan va ularning xalqaro xo’jalikdagi integratsiyalashuvi. 


Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo’lib XVF hisoblanadi. 
O’tgan asrning 70-yillaridan boshlab valyuta siyosatini muvofiqlashtirish bo’yicha 
yig’ilishlar bo’lib utdi. Jumladan, 1975 yil Rambuyeda (Frantsiya) oltita yetakchi 
mamlakatlar ishtirokida; 1975 yil Parijda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik to’g’risida; 
1976 yildan «Katta ettilik»ni (AQSH, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Italiya, Kanada) yillik amaliy yig’ilishlarini sanab o’tish mumkin. 
Valyuta siyosati maqsad va shakliga ko’ra tarkibiy va joriyga bo’linadi. Tarkibiy 
valyuta siyosati - jahon valyuta tizimi tarkibini o’zgartirishga qaratilgan uzoq 
muddatli tadbirlar majmuidir. Ular barcha mamlakatlarning maqsadlariga to’g’ri 
keladigan, alohida valyutalarni shakllantirishga qarshi qaratilgan valyuta tadbirlari 
orqali amalga oshiriladi. Tarkibiy valyuta siyosati, joriy valyuta tizimiga o’z 
ta'sirini ko’rsatadi. Joriy valyuta siyosati - valyuta kursi, valyuta operatsiyasi, 
valyuta bozorining faoliyati va oltin bozorini qisqa vaqtda tezkorlik bilan 
boshqarishdir.
Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud: diskont, deviz siyosati va uning 
ko’rinishlari - valyuta interventsiyasi, valyuta zahiralarini diversifikatsiya qilish, 
valyutaviy cheklashlar, valyutaning almashuv darajasini boshqarish, valyuta 
kursining tartibi, devalvatsiya, revolvatsiya. 


Diskont (foiz stavkasi) siyosati. Foiz stavkasi - ssuda kapitalining yillik 
daromadini uning mutlok kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi. 
Foiz o’zining iqtisodiy ma'nosi bo’yicha, ssuda kapitalidan foydalanganlik 
uchun to’lanadigan qo’shimcha qiymatdir. Foiz stavkalari odatda foyda me'yori 
orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga 
bo’ladigan talab va taklifdan kelib chiqadi. Bu talab va taklif bir qancha 
fundamental iqtisodiy hamda boshqa omillarga bog’liq, ya'ni: davr bosqichidan, 
inflyatsiya darajasidan, iqtisodni davlat tomonidan monopol boshqaruvidan, 
Markaziy 
bank 
siyosati 
va 
boshqalardan.
O’zbekiston respublikasi valyuta siyosatining asosiy jihatlari 
Davlat mustaqilligiga erishilishi bilan, O’zbekiston Respublikasi oldida 
inflyatsiya jarayonlari va ishlab chiqarish tushkunligiga barham berish, bozor 
talablariga javob beradigan moliyaviy tizimni vujudga keltirish, xalqaro valyuta va 
savdo tizimiga integratsiya qilinishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishga oid murakkab masalalar paydo bo’ldi. Ushbu ko’rsatkichlarga 


erishishni ta'minlashda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy 
o’rinlardan birini egallamoqda. Chunki, pul muomalasini tartibga solish, kredit-
bank sohasini nazorat qilish, qat’iy pul-kredit va valyuta siyosatini amalga oshirish 
uning funktsiyalariga kiradi. Valyuta tartibotlari, xalqaro valyuta bozorlari, 
rivojlanayotgan va sanoati rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan valyuta 
kurslarini qo’llash uslublari masalalariga bag’ishlangan bir qator tadqiqotlar 
mavjud. Bu esa, ma'muriy-buyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tish 
jarayoni kabi o’ziga xos bir hodisani boshidan kechirayotgan O’zbekiston 
Respublikasi uchun katta kizikish uygotadi. 
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan valyuta siyosati, bevosita 
hukumat tomonidan ishlab chiqilgan islohotlar strategiyasiga muvofiq holda olib 
borilmoqda. Davlat tomonidan valyutaviy huquqlarni himoyalashga doir 
mustahkam qonunchilik va institutsional asosni yaratish bo’yicha chora-tadbirlarni 
kurgan holda - davlat bosh islohotchi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Bu 
shuningdek, valyuta bozori infratuzilmasini yaratishga doir aniq maqsadga 
yo’naltirilgan siyosatning amalga oshirilishida ham namoyon bo’lmoqda. Shu 
tarzda, davlat islohotlarning murakkab bosqichlarida islohotlarni amalga oshirishga 
kodir bo’lgan yetakchi kuch ekanligini ko’rsatmoqda. Davlat shuningdek, bir qator 
maxsus davlat organlarini tashkil etish yo’li bilan islohotlarni tartibga solishni 
amalga oshirmoqda. Albatta, Markaziy bank davlat banki sifatida bu borada 
muhim o’rin tutadi. 
O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi 
qonuniga muvofiq, quyidagilar valyuta nazorati organlari hisoblanadi: jumladan, 
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirda 
Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi (TIAA)), Davlat soliq qo’mitasi va Davlat 
bojxona qo’mitalaridir. Ularning har biri o’z vazifa va funktsiyalariga egadir. 
Vakolatli banklar esa, valyuta nazorati agentlari hisoblanadi. 
Valyuta siyosati makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. Lekin, 
ularning nisbatini belgilash juda murakkabdir. Klassik iqtisodiyotning zamonaviy 
iqtisodiyotdan farqlaridan biri, zamonaviy iqtisodiyotda valyuta siyosati iqtisodiy


islohotlarning markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Shu tufayli, respublika 
hukumati ushbu masalaga juda katta e'tibor qaratmoqda. 
Valyuta siyosati O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit 
siyosati bilan uzviy bog’liqdir. Ularning ikkalasi ham davlat iqtisodiy siyosatning 
ajralmas 
qismidir.
Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki davlatning 
makroiqtisodiy maqsadlarining ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda, 
valyuta siyosatini tartibga solish va valyuta siyosatini muvaffakiyatli amalga 
oshirish uchun barcha tegishli huquqiy asoslar va shart-sharoitlarga egadir. 
Shu tarzda, O’zbekiston Respublikasi hukumati, Markaziy bank va valyuta 
nazoratining boshqa organlari tomonidan iqtisodiy islohotlar mobaynida kurilgan 
chora-tadbirlar quyidagi natijalarga erishish imkonini berdi: 
valyuta siyosatining huquqiy asosini vujudga keltirish; 
samarali valyuta nazorati va tartibga solish tizimini tashkil etish; 
iqtisodiy agentlar o’rtasida chet el valyutasini samarali qayta taqsimlash 
mexanizmlarini tashkil etish; 


to’lov balansini tartibga solishning zamonaviy uslublarini qo’llash; 
birja va birjadan tashqari valyuta bozorlari faoliyatini yanada takomillashtirish; 
naqd va naqd pulsiz tarzda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini, 
valyuta risklari oldini olishning savdo va nosavdo operatsiyalari mexanizmini 
belgilash; 
xorijdan mablag’ jalb qilishning taktika va strategiyasini belgilash; 
davlatning oltin-valyuta zahiralarini samarali boshqarish; 
xalqaro moliya tashkilotlari bilan o’zaro foydali hamkorlikni amalga oshirish; 
valyuta kursini samarali tartibga solish; 
milliy valyutaning ichki konvertirlanishini ta'minlash; 
respublikamiz to’lov balansi joriy operatsiyalari bo’yicha milliy
valyuta konvertirlanishini bosqichma-bosqich joriy etilishi bo’yicha chora-tadbirlar 
rejasini ishlab chiqish. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin