Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi. Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to’g’risida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq afzallik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko’ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o’ziga xosligiga tayangan holda ma’lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng ko’p) ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Shunday ekan mamlakat mutlaq afzallikka ega bo’lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o’z iste’molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. Chunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega bo’lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo’ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko’proq mahsulotga ega bo’ladi. Masalan, O’zbekiston asosan paxta mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan ko’prots shunga e’tiborni qaratish lozim. Chunki, O’zbekiston qishloq xo’jaligi, ob-havosi va qolavsrsa, butun respublika sharoiti paxta etishtirishga moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va moliyaviy resurslarni sarf qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o’zi ixtisoslashgan sohaga ko’proq e’tiborni qaratishsagina dunyo bo’yicha ko’proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo’l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda mutlaq afzallikka ega bo’lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradimi degan savolni tug’diradi. Agar shunday bo’lsa importni bu mamlakat qaysi mablag’lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq afzallik nazariyasi boshi berk ko’chaga kirib qoladi.
D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq afzallik» nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko’chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki ko’proq afzallikka ega bo’lgan yohud kamroq zaiflikka ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o’rtasidagi savdo ko’proq imkoniyatlar olib keladi.
Har bir mamlakat o’zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy afzallik nazariyasi”da o’z echimiga ega bo’ldi. Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo’lsin. Shuni hisobga olgan holda D. Rikardoning “Nisbiy afzallik nazariyasi”ni qo’llaymiz:
Ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan mehnat birligi miqdori;
Yuqoridagi misoldan ko’rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo’lga qo’yish ko’proq foyda olib kelishini ta’kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy afzallikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya’ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o’z navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega bo’lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo’ladi.
120 / 100 - 8 / 9 = 1,2 -0 ,(8 ) = 0,31 dona movut.
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya’ni movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o’rtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham yutadi. Ya’ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 11/8 barrel vino (o’zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angli yaning yutug’i;
9 / 8 - 5 / 6 = 7 / 2 4 = 0,29 barrel vino.
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib olgandagina xalqaro savdo foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi.
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag’batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o’tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo’ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul birliklari ishtirokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, mamlakatlar o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan.
U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to’lovlari o’zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi o’zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni o’zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:
mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o’rtasida emas, balki mamlakat ichida harakatchan bo’lishini;
transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar hisobga olinmasligini;
mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va tsxnologiyalarni qo’llash hamda ularni ko’p miqdorda seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi o’zgarishlar e’tiborga olinmasligini ta’minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim.
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo’llash mumkin. Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan narxdan (120) yuqori narxda sotmaslik ksrak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar nari o’rtasidagi o’zaro nisbat aniqlab olingandan keyin «savdo sharti» (terms of trade) tushunchasi savdo shartini aniqlab olish uchun esa “savdo sharti indeksi” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan:
T = Px/ Pm
Bu erda T- “savdo sharti”, Px - eksport narxlar indeksi, Pm esa import narxlar indeksi
Indeksning o’sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining yaxshilanayotganligini ko’rsatadi. Ya’ni, ushbu miqdordagi importga hisob-kitob qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi.
Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar narxi o’zgarishi hisobiga, unga bo’lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog’liq. Ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda bo’layotgan o’zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar.
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog’liq bo’ladi.
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar iste’molidagi o’zgarishlarga qarab o’zgaradi.
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to’g’risida ma’lumotlar bersada, ko’pgina kamchiliklardan holi emas. Ularning eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to’lov balansini yomonlashtiradi.
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan eng asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish xarajatlariga bog’liq.
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida er, kapital kabi omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor narxi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning narxii foiz stavkalari ko’rinishida, erning narxi renta miqdorida aniqlangan.
Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchiolimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar) ko’rsatish mumkin.
E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda narxlarni tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma’nosi shundan iboratki, milliy ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, er, kapital va shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste’moldagi o’zgarishlar kabi omillarga bog’liq.
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:
Mamlakatlar o’zlarida ortiqcha bo’lgan ishlab chiqarish omilini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, o’zlarida taqchil bo’lgan ishlab chiqarish omillarini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar.
Xalqaro savdo yo’lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o’zgarishlar kuzatiladi.
Mahsulotlar eksporti o’rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari eksporti egallaydi.
Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar miqdori o’rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo’lsa shu omil bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi.
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko’rinishlarga ega. Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya’ni, «sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko’rsatmoqda. Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma’lum miqdorda ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha er mavjud, ammo kapital etishmaydi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakatlar aynan ushbu yo’nalishlarga ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan shug’ullanadigan mamlakatlarda ko’proq er resurslari kerak bo’ladi va ular shu yo’nalishga ixtisoslashgan bo’ladilar.
Xeksher—Olin kontseptsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda «Leontev paradoksi» yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. V.Leontev AQSh kapital ortiqcha bo’lgan mamlakat bo’lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko’rsatib berdi. Ya’ni Xeksher-Olin kontseptsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadqiqotlar esa AQSh da kapitaldan ko’ra er va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarishida aynan shu omillar ko’proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo’lib chiqdi. 1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V. Stolperlar Xeksher-Olin kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo’yicha xalqaro savdo-ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning xarakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi.
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to’ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro foydali savdoni yo’lga qo’yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o’rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi.