Nisbiy ustunlik nazariyasi Adam Smit nazariyasiga kura, ishlab chiqarish omillari mamlakat ichkarisida to’liq harakatchan, ya’ni ular yukori mutlak ustunlikka ega bo’ladigan hududlarga bemalol ko’chib o’ta oladi. Ertami kechmi ishlab chiqarish omillarining ko’chib o’tishi natijasida bir hududning boshkasidan ustunligi yo’kolib boradi va omillardan keladigan foyda barobarlashib boradi. Demak o’zaro savdo to’xtab kolishi kerakdek tuyuladi. Birok David Rikardo mutlaq ustunliklar nazariyasini rivojlantirdi va ikki mamlakat o’rtasida o’zaro savdo ularning xech biri ma’lum bir tovarni ishlab chiqarishda mutlak ustunlikka ega bulmaganda ham foydali bo’lishini kursatib berdi.
Mutlaq ustunlik nazariyasidagi kabi ma’lum bir farazlardan kelib chiqib, nisbiy ustunlik nazariyasi muqobil narx yoki boshqacha qilib aytganda o’rnini qoplash xarajatlari (narxi) tushunchasidan foydalaniladi. Muqobil narx ikki tovarning ularni ishlab chiqarishga sarflangan ish vaqti orqali ifodalangan narxlarini solishtirishni aks ettiradi (1 birlik tovar ishlab chiqarishga 2 soatlik mehnat sarflangan). O’rnini qoplash xarajatlari ma’no jihatidan muqobil narxga deyarli mos keladi, farqi shundaki, bunda mehnat sarfiga teskari miqdorlar – vaqt birligida ishlab chiqarilgan tovar birliklari solishtiriladi (1 soat vaqt birligida 1/5 birlik tovar ishlab chiqarilgan).
@ Muqobil narx (opportunity cost) — bir birlik tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtining boshqa bir birlik tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqti bilan ifodalanishidir. Ikki o’zgaruvchi orasidagi to’g’ridan to’g’ri bog’liqlikni hisobga olgan holda,
2-tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan vaqt miqdori bilan ifodalangan 1tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan muqobil xarajatlar A1/A2 ni tashkil qiladi.
Faraz qilaylik, ma’lum bir tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan muqobil xarajatlar I mamlakatda II mamlakatga nisbatan kamroq, ya’ni:
(A1/A2)< (A1*/A2*) (1)
Yoki boshqacha qilib ifodalaganda,
(A1/ A1*)< (A2/A2*) (2)
1 formula nisbiy ustunlikni ifoda etuvchi formula bo’lib, u ma’lum bir mamlakatda 2-tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xarajatlar orqali ifodalangan 1-tovarga sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari boshqa mamlakatda xuddi shu tovarni (2-tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xarajatlar bilan ifodalangan) ishlab chiqarish xarajatlaridan kamligini ko’rsatadi. Bu har qanday ikki mamlakat va har qanday ikki tovar uchun o’rinlidir, zero nisbiy ustunlik faqatgina har bir mamlakatdagi mehnat camaradorligi nisbatiga bog’liq bo’ladi.
@ Nisbiy ustunlik nazariyasi — agar bir mamlakat boshqa mamlakat bilan solishtirganda nisbatan kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqara oladigan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa ularning birida ishlab chiqarish boshqasiga nisbatan mutlaq samaraliroq bo’lishidan qat’iy nazar o’zaro savdo har ikki mamlakat uchun foydali bo’ladi. Nisbiy talab (RD — relative demand) va nisbiy taklif (RS — relative supply) grafiklarini chizish uchun I va II mamlakatlarda ishlab chiqarilgan 1-tovar va 2tovarlarning nisbiy miqdori bilan ularning nisbiy narxlari o’rtasidagi bog’liqlikni o’rnatish kerak. (1 rasm).
Har ikki mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan 1-tovarning nisbiy miqdori quyidagicha bo’ladi:
(Q1+ Q1*)/( Q2 +Q2*) (1)
1-tovarning nisbiy jahon narxi esa quyidagiga teng bo’ladi:
P1/R2 (2)
Ushbu holatni quyidagi 2.2.1.-rasm misolida ko’rishimiz mumkin.
I mamlakat 1-tovarni ishlab chiqarishda nisbiy ustunlikka ega. Bu esa 1tovarning sarflangan mehnat xarajatlarini solishtirish orqali ifodalangan nisbiy narxi II mamlakatdagiga nisbatan kamligini bildiradi va rasmda 1-tovarning II mamlakatdagi nisbiy narxi (A1*/A2*)dan pastroqda joylashgan. 1-tovarning nisbiy taklifi uning I va II mamlakatlardagi nisbiy bahosi hamda uning jahon bozoridagi nisbiy narxiga bog’liq bo’ladi.