Mutlaq ustunlik nazariyasi Merkantilistlarga keskin zarba bergan iqtisodchilardan biri Adam Smit bo’ldi. Adam Smit millat boyligi to’plangan oltin mikdoriga emas, balki mamlakatning pirovard tovar va xizmatlar ishlab chiqara olish kobiliyatiga ko’proq bog’liqligini aniq-ravshan asoslab berdi. SHuning uchun ham asosiy masala oltinga ega bo’lishda emas, asosiy masala mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasi hisobiga ishlab chiqarishni rivojlantirish hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy jixatdan mutlak erkin, mavjud konunlar doirasida o’z faoliyatlari turini mustaqil ravishda tanlay oladigan sharoitlarda eng yaxshi natijaga erishish mumkin. Bu siyosat "lessefer" nomini oldi.
@ «Lesse-fer» (fr. laissez-faire) — iqtisodiyot va erkin raqobatga davlatning aralashmaslik siyosati. Adam Smitning tashki savdo siyosati bir kancha farazlarga asoslangan. U quyidagilarni aksioma sifatida kabul kiladi:
Mehnat yagona ishlab chiqarish omili;
To’lik bandlikka erishilgan, ya’ni barcha mavjud resurslardan tovar ishlab chiqarishda foydalaniladi;
Xalqaro savdoda ikki mamlakat ishtirok etadi, bu mamlakatlar ikki xil tovar bilan o’zaro savdo olib boradi;
Ishlab chiqarish xarajatlari doimiy, ularning kamayishi tovarga bulgan talabni kupaytiradi;
Bir tovarning narxi ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan ifodalangan;
Tovarni bir mamlakatdan ikkinchisiga tashish bo’yicha transport xarajatlari nolga teng;
Tashki savdo cheklashlar va reglamentatsiyalardan xoli. Adam Smit karashlariga muvofik ravishda:
Hukumat tashki savdoga aralashmasligi, ochiq bozorlar rejimi va erkin savdoni kullab-kuvvatlashi kerak;
Millatlar, xususiy shaxslar ham uzlari ustunlikka ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va bu tovarlarni ishlab chiqarilishida boshka mamlakatlar ustunlikka ega bulgan tovarlarga ayirboshlash asosida savdo kilishi kerak;
Tashki savdo bozorni mamlakat sarxadlaridan tashkariga kengaytirish orkali mehnat samaradorligini rivojlantirishni ragbatlantiradi;
Eksport mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil sanaladi, zero u mamlakat ichkarisida sotish imkoniyati bulmagan ortikcha tovarlarni sotish imkoniyatini beradi
Eksportga subsidiyalar ajratilishi axoli uchun ortikcha soliq hisoblanadi va ichki narxlarning ortishiga olib keladi, shuning uchun bu subsidiyalar bekor kilinishi kerak.
@ Mutloq ustunlik nazariyasi — mamlakatlar o’zlari eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan (ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo’lgan) tovarlarni eksport qiladi va boshqa mamlakatlarda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqariladigan (ishlab chiqarishda savdo hamkorlari mutlaq ustunlikka