2.2.2.-rasm. Savdo natijasida iste’molning ortishi.
Agar I mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i AB, II mamlakatniki esa A*B* ni tashkil etsa, mamlakatlar o’rtasida savdoning rivojlanishi natijasida ularning har biri birinchi va ikkinchi tovarlarni ko’proq miqdorda iste’mol qila oladi. Natijada I mamlakat ixtiyorida S ta 2-tovar, II mamlakat ixtiyorida esa S* ta 1-tovar bo’ladi. Rasmdan ko’rinib turibdiki, har ikki holatda ishlab chiqarish
imkoniyatlari egri chizig’i surildi va OCB hamda OA*C* uchburchaklarning yuzi oldingi AOB (I mamlakat uchun) hamda OA*B* (II mamlakat uchun) uchburchaklar yuzidan sezilarli darajada kattaroqdir.
Nisbiy ustunliklar nazariyasida jahon ikki mamlakatdan iborat va ular ikki tovar bilan savdo qiladi deb faraz qilingan edi. Amalda esa bunday holatning bo’lishi mumkin emas, albatta. Jahondagi mamlakatlar ichidan ikkitasining faqat ikki tovar bilan o’zaro savdosini o’rganmoqchi bo’lsak ham, bu savdoni ushbu mamlakatlar va boshqa mamlakatlar umumiy savdosidan hamda juda ko’p miqdordagi tovarlar orasidan ajratib olishning imkoni yo’q.
Nisbiy ustunlik nazariyasining ahamiyatini baholash juda mushkul, albatta. U bir necha o’n yillar davomida xalqaro savdoni tushuntirib beruvchi va barcha iqtisodiy bilimlarga kuchli ta’sir o’tkaza olgan asosiy nazariyalarning biri bo’lib qoldi. Iqtisodiyotdagi klassik maktab vakillari tomonidan qilingan ko’p sonli o’zgartirishlar va kengaytirishlar bilan nisbiy ustunlik nazariyasi amalda birinchi bo’lib jami talab va jami taklif muvozanatini izohlab berdi. Tovar qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat miqdori bilan aniqlanishi ko’zda tutilgan bo’lsa-da, nisbiy ustunlik nazariyasi tovarning qiymati ushbu tovarga ham mamlakat ichidagi, ham xorijdagi jami talab va taklifning nisbati bilan aniqlanishini ko’rsatib berdi.
Albatta, nisbiy ustunlik nazariyasi mavhum va juda soddalashtirilgan tabiatga ega va xalqaro savdoga bevosita ta’sir ko’rsatadigan bir qator hodisalarni e’tiborga olmaydi. Nazariyaning cheklanganligi uni yaratilishida qilingan farazlar bilan bog’liq. SHuning uchun u yoki bu tovar oqimlarini nisbiy ustunlik nazariyasini qo’llagan holda tahlil qilishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak, ya’ni bu nazariya: • transport xarajatlarini e’tiborga olmaydi, bu xarajatlar shunday miqdorga etishi mumkinki, mamlakat bir tovarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat xarajatlari bo’yicha nisbiy ustunlikka ega bo’lsa-da, ushbu tovarni xorijga eksport qilish naf keltirmasligi mumkin;
mamlakat ichida daromadlarning qayta taqsimlanishiga, narx va ish haqining o’zgarishiga, inflyatsiya, xalqaro kapital harakatiga tashqi savdoning ta’sirini inobatga olmaydi;
faqat bitta ishlab chiqarish omili (mehnat) mavjudligidan kelib chiqadi, mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi kabi xalqaro savdoning dastlabki shartlariga e’tibor bermaydi;