2.2.5.-rasm. Ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi. Kapital narxi
(r) orqali ifodalangan mehnat narxi (w), ya’ni mehnatning ishlab chiqarish omili sifatidagi nisbiy narxi (w/r) gorizontal. 1-
tovarning 2-tovar narxi orqali ifodalangan nisbiy narxi (R1/R2) esa
vertikal o’qqa joylashtirilgan.
Mehnatning ishlab chiqarish omili sifatidagi nisbiy narxi O’zbekistonda OG, Yaponiyada esa OI ni, mos ravishda 1-tovarning nisbiy narxi O’zbekistonda OF,
Yaponiyada esa OD ni tashkil etadi. Mamlakatlar o’rtasida savdo boshlanmasdan oldin O’zbekistonda A, Yaponiyada B nuqtada bozor muvozanatiga erishilgan. O’zaro savdodan avval (w/r) nisbat O’zbekistonda Yaponiyaga nisbatan kichiq bo’lgani uchun u mehnat sig’imli 1-tovarni, Yaponiya esa kapital sig’imli 2-tovarni ishlab chiqarish bo’yicha nisbiy ustunlikka ega.
Savdo boshlanganidan keyin O’zbekiston mehnat sig’imli 1-tovarga ixtisoslashgani bois bu mamlakatda mehnatga nisbiy talab oshib boradi, bu mehnatning nisbiy narxi (w/r)ning ortib borishiga, ushbu holat o’z navbatida 1tovarning nisbiy narxi (P1/P2)ning ko’tarilishiga olib keladi. Yaponiya kapital sig’imli 2-tovarga ixtisoslashgani bois bu mamlakatda kapitalga nisbiy talab oshib borishi kapitalning nisbiy narxi (r/w)ning ortib borishiga yoki mehnatning nisbiy narxi (w/r)ning pasayishiga, bu esa o’z navbatida 2-tovarning nisbiy narxi (R2/R1)ning ko’tarilishiga, 1-tovarning nisbiy narxi (P1/P2)ning kamayishiga olib keladi. Binobarin A va B nuqtalar C nuqtada ustma-ust tushmaguncha bir-biriga yaqinlashib keladi va 1-tovarning har ikki mamlakatdagi nisbiy narxi E nuqtada muvozanatlashadi. Bu esa 1-tovarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnatning nisbiy narxini O’zbekiston va Yaponiyada H nuqtada tenglashishiga olib keladi. SHunday qilib, xalqaro savdo natijasida tovarlar nisbiy narxining muvozanatga kelishi, ushbu tovarlarni yaratishda foydalanilgan ishlab chiqarish omillari nisbiy narxining tenglashishiga olib keladi.
Haqiqiy olamda ishlab chiqarish omillari narxi umuman muvozanatlashmagan. Misol uchun turli mamlakatlarda mehnatga to’lanadigan ish haqi ular o’rtasida faol savdo aloqalari olib borilishiga qaramay sezilarli farq qilib kelmoqda. Buning bosh sababi yuqorida oldindan qabul qilingan shartlardir:
Har ikki tovar har ikki mamlakatda ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan.
Savdo olib boruvchi mamlakatlarda texnologiya bir xil deb faraz qilingan.
Ishlab chiqarish omillari va tovarlar mamlakat ichida to’liq harakatchan deb faraz qilingan.
Ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati mavjud emas deb faraz qilingan.
Ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi teoremasi barcha cheklanishlari va kamchiliklariga qaramacdan, xalqaro iqtisodiyot tahlilida muhim ahamiyat kasb etadi.
SHunday qilib, omillar sig’imligi ma’lum bir tovarni yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sarfini, omillar serobligi mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini belgilab beradi. Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasiga ko’ra, turli mamlakatlarda tovarlar nisbiy narxidagi farq, o’z navbarida ular o’rtasidagi savdo ularning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi bilan tushuntiriladi.
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi o’zining barcha kamchiliklari va mavhum tabiatiga qaramay hozirgi kungacha xalqaro savdoning rivojlanishini tushuntiruvchi eng mashhur nazariyalarning biri bo’lib qolmoqda. SHuning uchun ham bu nazariyaning turli mamlakatlar, tovarlar va ichlab chiqarish omillariga nisbatan ulkan ctatistik massivlar yordamida empirik yo’llar bilan tekshirilishiga ajablanmasa ham bo’ladi.
Ba’zi empirik testlar nazariyani tasdiqlar, boshqalari rad etar edi. XeksherOlin-Samuel’son xulosalarini rad etgan tadqiqotlarning eng mashhuri 1953 yilda kelib chiqishi Rossiyadan bo’lgan amerikalik olim Vasiliy Leont’ev tomonidan amalga oshirilgan.
Leont’ev bir necha empirik testlar yordamida Xeksher-Olin nazariyasi shartlari amalda bajarilmasligini ko’rsatib berdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSH eng boy va kapital serob bo’lgan mamlakatlarning biri bo’lib, boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda mehnatga haq to’lash me’yori ham yuqori bo’lganligi bois ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasiga muvofiq ravishda kapital sig’imli tovarlarni eksport qilishi kerak edi. Leont’ev bu gipitezani tekshirish uchun 1 million dollar qiymatiga ega bo’lgan eksportga mo’ljallangan tovarlar va shuncha qiymatli import bilan bevosita raqobat qiluvchi tovarlarni ishlab chiqarish uchun qancha kapital va ishchi kuchi zarurligini hisoblab chiqdi. U har bir sanoat tarmog’i kapital va ishchi kuchi sarfini hisobladi, bunda faqatgina tayyor mahsulotlar (masalan, avtomobillar) bilan cheklanmadi, balki oraliq mahsulotlar (po’lat, oyna, rezina) uchun ham kerakli hisob-kitoblarni amalga oshirdi. SHundan so’ng AQSHning 1947 yildagi eksport tarkibidan foydalangan holda 1 million dollar summadagi eksport tovarlarga sarflangan kapital va mehnat xarajatlarining nisbatini hisoblab chiqdi. Leont’ev
AQSHning shu yildagi import tarkibi bo’yicha (import tovarlari ro’yxatiga AQSHda ishlab chiqarilmaydigan tovarlar kiritilmadi) import o’rnini bosuvchi AQSH tovarlarini ishlab chiqarishga sarflangan kapital va mehnat xarajatlari nisbatini aniqladi.
Amalda bir birlik AQSH importini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan kapital va mehnat nisbati - (K/L).im ni bir birlik AQSH eksportini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan kapital va mehnat nisbati - (K/L)x bilan solishtirildi. “Leont’ev statistikasi” (Leontief statistic) nomini olgan ushbu nisbatga muvofiq 1 tengsizlik bajarilsa har qanday mamlakat kapital serob, 2 tengsizlik bajarilganda esa mehnat serob mamlakat sanalishi mumkin.
(K/L)im / (K/L)x < 1 (1)
(K/L)im / (K/L)x > 1 (2)
Leont’ev, Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq, eksport tovarlar import o’rnini bosuvchi tovarlarga (deyarli AQSH importi) nisbatan har bir ishchi kuchi hisobiga ko’proq kapital talab qilishini kutgan edi. Natija buning qarama-qarshisi bo’lib chiqdi: AQSH importining kapital sig’imliligi uning eksporti kapital sig’imliligidan 30 foizga ko’p chiqdi, bu esa AQSH kapital serob bo’lgan mamlakat emas, balki mehnat serob mamlakat ekanligidan dalolat berardi, ushbu holat mavjud tasavvurlarga umuman mos kelmas edi.
Leont’ev paradoksi (Leontief paradox) — bu Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasining amalda bajarilmasligi – mehnat serob mamlakatlarning kapital sig’imli, kapital serob mamlakatlarning mehnat sig’imli tovarlarni eksport qilishidir. O’sha paytda yetakchi bo’lgan yondashuvning inkor etilishi uning tushuntirilishini talab qilardi. Munozaralar Xeksher-Olin nazariyasi to’g’ri, Leont’ev tomonidan olingan natijalar noto’g’ri ekanligini isbotlashga harakatlar doirasida bo’ldi. Leont’ev paradoksiga qarshi keltirilgan ba’zi dalillar quyidagilar:
Ishchi kuchini malakali va malakasiz ishchi kuchi guruhlariga ajratish kerak hamda eksport tovarlarga sarflangan xarajatlarni har ikki guruh uchun alohida hisoblash kerak.
AQSH qazib olinishida katta miqdorda kapital xarajatlarini talab qiluvchi xomashyoni katta hajmda import qiladi. SHuning uchun AQSHning eksport tovarlari katta hajmdagi kapital sig’imli xomashyoni talab qiladi, bu esa eksportni kapital sig’imliga aylantiradi.
Leont’ev testi AQSHda mavjud bo’lgan import tariflarini inobatga olmagan, bu tariflar AQSH sanoatining mehnat sig’imli tarmoqlarini xorijiy raqobatdan himoyalash uchun joriy qilingan, natijada mehnat sig’imli tovarlar importiga to’siq qo’yilgan.
Amerikaliklarning did va xohishlari an’anaviy ravishda kapital sig’imli texnologik mahsulotlarga qaratilgan bo’lib, AQSH kapital bilan yaxshi ta’minlangan bo’lishiga qaramasdan bu tovarlarni ular xorijdan sotib olishadi.
Ishlab chiqarish omillari reversi: bir tovar mehnat serob mamlakatda mehnat sig’imli, kapital serob mamlakatda kapital sig’imli bo’lishi mumkin. Masalan, kapital serob sanalgan AQSHda yetishtirilgan gurunch yuqori texnologiya vositasida ishlab chiqarilgani bois kapital sig’imli hisoblansa, V’etnamda yetishtirilgan gurunch mehnat sig’imlidir, chunki u asosan qo’l mehnati yordamida tayyorlanadi.