Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari


Monopolistik raqobat sharoitida savdo



Yüklə 462,82 Kb.
səhifə18/21
tarix09.08.2023
ölçüsü462,82 Kb.
#139027
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
жахон 2

Monopolistik raqobat sharoitida savdo
Ma’lumki xalqaro savdoda sof mukammal raqobat ancha kam uchraydi, buning sababi jahon xom-ashyo va tovarlar bozorining bo’lishib olinganligi va xalqrao bozorlarda o’ziga xos oligopoliya va monopoliyalarning vujudga kelganligidir. Monopolistik raqobat asosidagi savdo nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan olim Pol Krugman bo’ldi.
Agar X — ma’lum firmaning sotish hajmi, S — tarmoqdagi umumiy sotish hajmi, n — tarmoqdagi firmalar soni, b — firmaning o’z tovari narxiga bog’liq ravishda bozordagi ulushini ko’rsatuvchi talab o’zgaruvchisi, R — mazkur firma tovari narxi, R* — raqobatchi tovarlarning o’rtacha narxi bo’lsa,
X=S[(1/n)-bx(R-R)*] (1) bo’ladi.
Agar firma o’z tovarlarini o’rta narxda yuqori sotsa (R > R*), uning bozordagi ulushi (S/n) kam bo’ladi (X<(S/n)). Agar firma o’z tovarlarini o’rtacha narxdan past narxda sotsa (R < R*), uning bozor ulushi ko’proq bo’lishi kerak(X>(S/n)).
Monopolistik raqobatning xalqaro savdoga ta’sirni aniqlash uchun eng avvalo firmalar soni va ularning tovarlari narxi orasidagi uchta asosiy o’zaro bog’liqlikni aniqlash kerak:

  • firmalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, har bir firma ishlab chiqaradigan tovar hajmi shuncha kam bo’ladi, o’rtacha xarajatlar ortib boradi;

  • Firmalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, raqobat darajasi yuqori bo’ladi va tovar tarxi pasayadi;

  • Agar narx o’rtacha narxdan yuqori bo’lsa, bozordagi firmalar soni ortadi va aksincha. Monopolistik raqobat modelida dastlabki ikki bog’liqlik muhim hisoblanadi. Xalqaro savdo tovar sotish bozorlari sig’imini oshiradi. Firmalar soni va bir firmaga to’g’ri keladigan o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi chiziqli tenglama bilan ifodalanadi:

S* = (F/X) + c, (2)
S* = n(F/S)+c, (2a)
Bu yerda S* — o’rtacha xarajatlar, F — doimiy xarajatlar, s — firmaning chegaraviy xarajatlari.

Formuladan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi, o’z navbatida sotish hajmi ortib borgan sari firmaning o’rtacha xarajatlari kamayib boradi, chunki doimiy xarajatlar yanada ko’proq tovarlar soniga bo’linadi. Bozor muvozanatda bo’lgan sharoitda har bir firma tovari narxi bir xil bo’ladi, R = R*. Ushbu holatda 1 formula X = S/n ga keladi. X qiymatini ikkinchi formulaga qo’ysak, 2a formula kelib chiqadi. Bu formuladan ko’rinib turibdiki, tarmoqda firmalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, o’rtacha xarajatlar shunchalik ortib boradi. Firmalar soni o’zgarmagan holda sotish hajmining ortishi o’rtacha xarajatlarning qisqarishiga olib keladi.

Yüklə 462,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin