Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari



Yüklə 462,82 Kb.
səhifə20/21
tarix09.08.2023
ölçüsü462,82 Kb.
#139027
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
жахон 2

2.4.3.-rasm. Kesishuvchi talab
K esishuvchi talab nazariyasi – bu turli mamlakatlardagi iste’molchilarning daromadlari va istak-hohishlari deyarli bir xil bo’lganligi sababli har bir mamlakat uchun ishlab chiqarishda va ichki bozorda yaxshiroq tajriba to’plangan tovarlarni eksport qilish oson bo’lishidir.
Nazariyaning grafik ko’rinishi quyidagicha: faraz qilaylik, ikki mamlakat mavjud, birinchi mamlakatda daromad darajasi A dan S gacha, bu daromad darajasida ushbu mamlakatda sotiladigan tovarlar sifati A' dan S' gacha. Ikkinchi mamlakatda esa daromad darajasi V dan D gacha, bu daromad darajasida ushbu mamlakatda sotiladigan tovarlar sifati V' dan D' gacha. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo sifati V' dan S' gacha bo’lgan tovarlar bilan amalga oshadi. CHunki bu oraliqda ikki mamlakatdagi iste’molchilarning talabi kesishadi.
Tayanch iboralar: tashqi savdo, xalqaro savdo, eksport, import, reeksport, reimport, mutloq ustunlik, nisbiy ustunlik, tashqi savdo aylanmasi, GATT, JST. Mavzuning qisqacha xulosasi:
Merkantilistlar birinchi bo’lib xalqaro savdoning o’ziga xos modelini taklif etdilar. Ular mamlakatning boyligi mamlakatda mavjud bulgan oltin va kumush mikdori bilan bog’liq deb hisobladilar. Merkantilistlar tovarlarni mamlakatga olib kirishga nisbatan ularni chetga ko’proq olib chiqish, eksportni kupaytirish va importni kiskartirish uchun tashki savdoni tartibga solish, chetga xomashyo olib chiqishni keskin chegaralash yoki ta’qiqlash, xomashyolarni chetdan bojlarsiz import kilishga ruxsat berish, koloniyalarning metropoliyadan tashkari barcha boshka mamlakatlar bilan xar kanday savdosini ta’qiqlash kerak deb ta’kidlaydilar.
Adam Smit tomonidan ishlab chiqilgan mutlak ustunlik nazariyasiga muvofik, mamlakatlar uzlari eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni eksport kiladi va boshka mamlakatlarda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqariladigan ustunlikka ega bulgan tovarlarni import kiladi.
Klassik siyosiy iqtisod asoschilaridan biri D. Rikardo tovar oqimlari harakatiga dalil sifatida nisbiy ustunlikning mikdoriy nazariyasini taklif etdi. Albatta, nisbiy ustunlik nazariyasi mavxum va juda sodtsalashtirilgan tabiatga ega va xalqaro savdoga bevosita ta’sir kursatadigan bir kator xodisalarni e’tiborga olmaydi. Nazariyaning cheklanganligi uni yaratilishida kilingan farazlar bilan bog’liq.
Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasiga ko’ra, omillar sigimligi ma’lum bir tovarni yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sarfini, omillar serobligi mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tovarlar nisbiy narxidagi fark, O’z navbatida ular o’rtasidagi savdo ularning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi bilan tushuntiriladi.
Xalqaro savdoning standart modeli xalqaro savdoda umumiy muvozanat modeli hisoblanadi va mamlakat ichida tovarga bulgan talab va tovar taklifini shu tovarga bulgan xorijiy talab va taklifni o’zaro boglaydi. Bu model turli mikdordagi tovarlarni eksport kilishga xoxish uygonishi uchun mamlakat kancha mikdorda boshka bir tovarlarni import kilishi kerakligini ifodalovchi o’zaro talab tushunchasiga asoslangan. Ushbu model xalqaro savdoning barcha asosiy parametrlarini va u bilan bog’liq bulgan milliy iqtisodiyotning parametrlarini o’rganish imkonini beradi.
Xalqaro savdoda ishtirok etuvchi xar kanday mamlakat uchun eksport va import narxlarining xar kanday uzgarishi real daromadning uzgarishini anglatadi. Tovar narxi oshganda, bu tovar eksport kilinayotgan bulsa, mamlakatning real daromadi oshadi, agar bu tovar import kilinayotgan bulsa, aksincha, real daromad kamayadi.
Ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining nisbati yoki eksport va import narxlari indekslari nisbati orkali aniqlanuvchi mamlakat eksport va import narxlarining nisbati savdo sharti deb ataladi. Uning o’sishi natijasida mamlakat farovonligi ortadi, pasayishi natijasida esa farovonlik tushadi. Taklifning ortishi (iqtisodiy o’sish) va talabning ortishi (daromadning kayta taqsimlanishi) savdo shartiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
XX asrda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi eksportimport operatsiyalarning sifatiy xususiyatlarini e’tiborga oluvchi yangi tamoyillar paydo bo’ldi; keyingi yillarda bir kator amerikalik iqtisodchilar tomonidan tovar ayirboshlashning turli omillarini hisobga oluvchi «tovar xayotiy tsikli», «xalqaro rakobat» va boshka modellar ishlab chiqildi.

Yüklə 462,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin