Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari



Yüklə 462,82 Kb.
səhifə13/21
tarix09.08.2023
ölçüsü462,82 Kb.
#139027
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
жахон 2

2.3.2.-a rasm 2.3.2.-b
rasm.

SHundan keyin talab tahlil qilinadi. Ma’lumki, muvozanatlashgan iqtisodiyotda tovarlar iste’moli ishlab chiqarish hajmiga mos kelishi kerak, ya’ni ular grafik orqali ifodalanganda o’zaro kesishishi kerak. Agar D1 va D2 1- va 2tovarlar iste’moli bo’lsa, quyidagi tenglik o’rinli bo’ladi:
P1xD1+P2D2 = P1xQ1+P2Q2 = V
O’zaro savdoda muvozanat narxiga erishilgandan so’ng ixtisoslashni davom ettirish o’zining iqtisodiy mohiyatini yo’qotadi, chunki o’rnini qoplash xarajatlarining ortib borishi tufayli bundan keyingi ixtisoslashuv orqali ishlab chiqarilgan tovarlar ularni xorijdan sotib olishga nisbatan qimmatroqqa tushadi.
3.1.2-a va 3.1.2-b rasmlardan ko’rinib turibdiki, muvozanat narxga RV=RV*=1 nuqtada erishilgan, ya’ni ishlab chiqarish nuqtasi to’liq ixtisoslashuv tomon harakatlangan bo’lsa-da har ikki mamlakat uchun mos ravishda gorizontal va vertikal o’qlarga yetib bormagan.
Xalqaro savdoda savdo sharti tushunchasi. Mamlakatning iqtisodiy o’sish yo’llari va ularning xususiyatlari
Nisbiy narxlarning o’zgarishiga asoslangan o’zaro bog’liqlik savdo shartlari tushunchasi orqali ifodalanadi.
@ Savdo shartlari (terms of trade) — ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining, mamlakat bo’yicha yoki mamlakatlar guruhi bo’yicha eksport va import narxlari indekslarining nisbatidir.
Agar bizni ma’lum bir tovar qiziqtirsa, narxlar nisbati faqat shu tovarning eksport va import narxlari nisbati orqali ifodalanishi mumkin, barcha tovarlar bo’yicha tashqi savdo o’rganilayotgan bo’lsa, u holda narxlar nisbati barcha tovarlar bo’yicha ifodalanadi. Agar Rxeksport narxlari indeksi, Rim — import narxlari indeksi, Qxeksportning miqdoriy hajmi, Qim — importning miqdoriy hajmi, RS — eksport qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi va RD — import qilinayotgan tovarlarga nisbiy talab bo’lsa, savdo shartlari grafikda quyidagicha aks ettiriladi. (2.3.3-rasm).
Eksport qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi egri chizig’ining joylashuvi eksport tovarlari jami nisbiy narxi oshganda eksportning nisbiy miqdoriy hajmi importning nisbiy miqdoriy hajmiga nisbatan ortib ketishidan dalolat beradi.

Yüklə 462,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin