(P1/P2)dan (P1/P2)'gacha ko’tariladi (2.3.4.-b rasm), bu O’zbekiston uchun savdo sharti yaxshilanib, Yaponiya uchun yomonlashishini anglatadi.
@ Import o’rnini qoplashga qaratilgan o’sish (import-biased growth) — mamlakat import qiladigan tovar ishlab chiqarishining kengayishi bo’lib, bu savdo shartini savdo hamkorlar uchun yomonlashib, mamlakat foydasiga yaxshilanishiga olib keladi. Import o’rnini qoplashga qaratilgan o’sish har bir mamlakatda import bilan raqobat qiluvchi tovar – bizning misolimizda, O’zbekistonda 2-tovar, Yaponiyada esa 1-tovar ishlab chiqarishining o’sishi bilan belgilanadi. Bu tovarlar ichki ishlab chiqarishining o’sishi eksport nisbiy narxlarining ortishiga, import nisbiy narxlarining pasayishiga olib keladi, chunki har bir mamlakat mustaqil ravishda ishlab chiqarayotgani bois an’anaviy import tovarlarini kamroq xarid qila boshlaydi. Importga talabning qisqarishi natijasida import tovarlar nisbiy narxi tushadi, binobarin savdo sharti savdo hamkorlari uchun yomonlashib, mamlakat foydasiga yaxshilanishiga olib keladi.
Savdoning neytral o’sishi (neutral trade growth) — bu mamlakatlar o’rtasida savdo shartining o’zgarmagan holatida xalqaro savdo jismoniy hajmining ortishidir. 2.4. Xalqaro savdoning yangi nazariyalari Xalqaro savdoning masshtab samarasi modeli Umumiy iqtisodiy nazariyadan ma’lumki, ishlab chiqarish masshtabi kengayib borgani sari tovarning tannarxi pasayib boradi.
Masshtab samarasi orqali ishlab chiqarish omillari bilan bir xil yoki deyarli bir xil ta’minlangan mamlakatlar o’rtasidagi savdo tushuntiriladi. Masshtab samarasi orqali texnologik jihatdan bir biriga yaqin, hattoki bir xil tovar ishlab chiqaradigan mamlakatlar o’rtasidagi savdoni ham tushuntirish mumkin.
Masshtab samarasi (economies of scale) – ishlab chiqarishning shunday rivojlanishiki, bunda omillar sarfining bir birlikka o’sishi ishlab chiqarish bir birlikdan ko’proqqa o’sishiga olib keladi.Buni quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin: