Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari


Tarmoq ichidagi savdo va tarmoqlararo savdoning farqlari



Yüklə 462,82 Kb.
səhifə19/21
tarix09.08.2023
ölçüsü462,82 Kb.
#139027
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
жахон 2

Tarmoq ichidagi savdo va tarmoqlararo savdoning farqlari
Tarmoq ichidagi savdo – bu mamlakatlar o’rtasida bir tarmoqning differentsiyalashgan mahsulotlari bilan savdo qilishidir.
2.4.2.-rasm. Tarmoqlararo savdo
T armoqlararo savdo mamlakatlarning turli tarmoqlarning gomogen mahsulotlari bilan savdo qilishidir.
Tarmoq ichidagi savdo asosan differentsiyalashgan tovarlar bilan amalga oshadi, ba’zi vaziyatlarda gomogen tovarlar bilan ham amalga oshishi mumkin. Bunga sabab sifatida transport xarajatlarini qisqartirish va mavsumdagi farq bo’lishi mumkin. 1 va 2 mamlakatlarda bir tovarni ishlab chiqaruvchilar (S, S') va iste’molchilar (D i D') jug’rofiy jihatdan rasmdagidek joylashgan. SD' masofa D'S' masofadan sezilarli darajada qisqa bo’lganligi sababli ikkinchi mamlakat uchun tovarni
o’z ishlab chiqaruvchisidan sotib olgan ko’ra xorijdan import qilish foydaliroq bo’ladi.
SHimoliy va janubiy yarim sharda yil fasllari turli paytga to’g’ri keladi, ya’ni Braziliya o’zining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yig’im paytida AQSHga eksport qiladi va AQSHda yig’im paytida AQSHdan sotib oladi.
Differentsiyalashgan tovarlar bilan tarmoq ichidagi savdoni sabablari quyidagilar:

Linderning kesishuvchi talab nazariyasi
Kesishuvchi talab nazariyasi bu xalqaro savdoni talab tomonidan tushuntiruvchi kamdan kam nazariyalarning biridir. Bu nazariyaga ko’ra mamlakat eksporti importyor-mamlakatdagi talabga bog’liq.
Kamdan kam tovarlar faqat eksport uchun ishlab chiqariladi. Tovarlarning asosiy qismi ichki bozorda sotiladi, ichki iste’mol to’liq qondirilgandan keyingina bu tovar eksport qilinadi. Bu tovarni xorijiy mamlakatlarda sotishda bu mamlakatdagi talab tarkibi o’z mamlakatidagi talab o’xshash bo’lgan mamlakatni tanlash maqsadga muvofiq. Ikki mamlakatda talab tarkibi ko’proq daromad darajasiga bog’liq bo’ladi, daromad qanchalik yuqori bo’lsa sifatli tovarga bo’lgan talab ortib boradi.

Yüklə 462,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin