Xalqaro statistik qiyosiy taqqoslashlar



Yüklə 123,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix07.01.2024
ölçüsü123,36 Kb.
#210676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbеkistonda milliy hisoblar tizimini xalqaro uslubiyotlarga muvofiqlashtirish

_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” 
ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 12
 statmirror.uz
 
2-rasm ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘z uyida yashash bo‘yicha shartli 
xizmatlarni baholash uslubiyotining o‘zgarishi 2016-2020- yillarda YaIM o‘sish 
sur’atining 0,1-0,2 % ga kamayishiga sabab bo‘ldi. 
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini baholovchi statistik 
ko‘rsatkichlar 
tizimi 
ishlab 
chiqildi. 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 
“O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot statistikasini yuritish bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda axborot iqtisodiyoti va 
elektron tijorat yig‘ma ko‘rsatkichlar tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qo‘shma 
qarori imzolandi. Ushbu qaror bilan “Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat” 
yig‘ma ko‘rsatkichi hamda uning tarkibiga kiruvchi faoliyat turlari ro‘yxati 
tasdiqlandi. 
“Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohasi bo‘yicha yalpi qo‘shilgan 
qiymat hajmini hisoblash tartibi” ishlab chiqilib, Davlat statistika qo‘mitasining 
2021-yil 31-maydagi 16-sonli qarori bilan tasdiqlandi hamda amaliyotga joriy 
etildi 

8


Mazkur jarayonlarning yakuniy bosqichi sifatida moliyaviy vositachilik 
xizmatlari hisob-kitoblari “MHT-2008” xalqaro uslubiyoti talablari asosida XVJ 
va OTB ekspertlarining tavsiyalariga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi 
tomonidan ishlab chiqilgan “Bilvosita o‘lchanadigan moliyaviy vositachilik 
xizmatlari ishlab chiqarishini hisoblash bo‘yicha uslubiy nizom” asosida
2017-2022 yillar uchun amalga oshirildi. 
Moliyaviy vositachilik xizmatlari hajmi “MHT-1993” uslubiyoti bo‘yicha 
moliyaviy vositachilar tomonidan olingan va ular tomonidan to‘langan foizlar 
o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan hamda shartli tarmoqning oraliq iste’moli 
sifatida boshqa xizmatlarga qo‘shgan holda quyidagi formula asosida aks 
ettirilgan 

8


𝑄 = 𝑙 − 𝐷,
(1) 
bu yerda, 
L – kreditlar foizli daromadlaridan tushum; 
D – depozitlar uchun foizli to‘lov. 
“MHT-2008” uslubiyoti bo‘yicha esa moliyaviy vositachilik xizmatlari hajmi 
kredit (depozit)larning foiz stavkalari va bazis stavkasi (kreditlar va depozitlar 
bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi) o‘rtasidagi farqni hisobot davridagi kredit 
(depozit)larning o‘rtacha qoldig‘iga ko‘paytirish orqali quyidagi formula asosida 
institutsional sektorlar kesimida hisoblandi 

8




XALQARO STATISTIK QIYOSIY TAQQOSLASHLAR 

Yüklə 123,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin