Xalqaro statistik qiyosiy taqqoslashlar



Yüklə 123,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix07.01.2024
ölçüsü123,36 Kb.
#210676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘zbеkistonda milliy hisoblar tizimini xalqaro uslubiyotlarga muvofiqlashtirish

_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” 
ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 7
statmirror.uz
 
ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 
farmoni, 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son “Davlat boshqaruvining ochiqligi va 
shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish 
yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 

2

hamda 2020-yil
3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada 
takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4796-son 
qarori MHTni statistika amaliyotiga keng joriy qilishni yanada jadallashtirishda 
huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi 

3

.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI 
MHT nazariy asoslarining vujudga kelishi hamda rivojlanishi ko‘p yillik 
tarixga ega bo‘lib, xalqaro miqyosda tan olingan birinchi MHT xalqaro standarti 
“MHT-1953” hisoblanadi. Ushbu qo‘llanma 1968, 1993 va 2008-yillarda 
yangilanib, takomillashtirilib borildi. 
“MHT-1968”ning ishlab chiqilishi milliy hisobchilikning rivojlanishiga katta 
hissa qo‘shdi. Ushbu standart tamoyillari asosida BMT milliy hisoblar bo‘yicha 
yillik statistik to‘plam chop etishni yo‘lga qo‘ydi hamda ko‘pgina davlatlar “MHT-
1968”ni milliy statistika amaliyotiga joriy qilish ishlarini amalga oshirdilar. 
1970-yilda Yevropa hamjamiyati MHTning yevropacha variantini ishlab 
chiqdi. Shu yo‘sinda xalqaro tashkilotlar va olimlarning tinimsiz izlanishlari 
natijasi “MHT-1993” xalqaro standarti ishlab chiqildi va BMT tomonidan qabul 
qilindi. Ushbu standartni ishlab chiqilishida R.Stoun, V.Leontev, P.Xilla, J.Xiks, 
Nansi Ragls, Robert Ayznerlarning qo‘shgan hissalari beqiyos. Mazkur 
standartda iqtisodiy statistikaning turli bo‘limlari o‘rtasidagi gormonizatsiyaga 
ham e’tibor qaratilgan. Bunda milliy hisoblardagi tashqi dunyo hisobi to‘lov 
balansi bilan muvofiq bo‘lishi ta’kidlangan. Shuningdek, “MHT-1993”da 
geologiya-qidiruv ishlariga xarajatlar, dasturiy ta’minot, badiiy va adabiy 
ishlanmalar asosiy kapitalning jamg‘arilishi sifatida talqin etilgan. Bundan 
tashqari ushbu standartda sof qiymatliklarni hisobga olish uslubiyoti ishlab 
chiqilgan. 
“MHT-2008” xalqaro standarti 2009- yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
(BMT) Statistika komissiyasining 40-sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, ushbu 
qo‘llanmada bir qator muhim iqtisodiy jarayonlarni statistik ko‘rsatkichlarda 
ifodalash uslubiyoti takomillashtirilgan. Ushbu standartda MHTning asosiy 
kotsepsiyalari saqlanib qolgan bo‘lib, iqtisodiyotning muhim aspektlarini o‘zida 
aks ettiruvchi YAIM va milliy daromadning muhim komponentlari bo‘yicha 
tariflar va tasniflar yangilandi. Ushbu o‘zgarishlar moliyaviy instrumentlar, 
markaziy bank faoliyati, ilmiy tadqiqotlarga xarajatlar, qurollanishga xarajatlar, 
moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar tasnifi bilan operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. 
Ushbu standart “To‘lov balansi (6-tah)”, Iste’mol va ishlab chiqaruvchi narxlari 
indeksi bo‘yicha xalqaro qo‘llanma, Davlat moliyasi statistikasi xalqaro 


XALQARO STATISTIK QIYOSIY TAQQOSLASH 

Yüklə 123,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin