3-rasm. BO‘MVX baholanishi o‘zgarishining O‘zbekiston Respublikasi YAIM o‘sish
sur’atiga ta’siri, % da
XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbekiston statistika sohasida MHTni takomillashtirish bo‘yicha kelgusida
amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar quyidagilardan iborat:
- YAIMni doimiy narxlarda hisoblash uslubiyotini yanada takomillashtirish
(bazis yilining o‘rtacha narxlarida hisoblash va ikki yoqlama deflyatsiya qilish
usulini joriy qilish);
- “Xarajatlar va ishlab chiqarish” jadvallarini doimiy narxlarda baholash
amaliyotini joriy etish;
- Xalqaro taqqoslash dasturining navbatdagi global bosqichida ishtirok
etish;
- Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash amaliyotini xalqaro tavsiyalar
asosida takomillashtirish;
- MHT sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirib borish.
Qayd etilgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish,
mavjud muammolarni bartaraf etish, qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajarish
natijasida MHT ko‘rsatkichlarining sifati yaxshilanishi va shaffofligi oshishiga
erishiladi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini yanada
kengroq tavsiflash, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisob-kitoblarini xalqaro
uslubiyotga muvofiqlashtirish orqali statistik ko‘rsatkichlarning xalqaro
taqqoslash darajasini oshirish, makroiqtisodiy tahlilni amalga oshirish
imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotini aks
ettiruvchi ko‘rsatkichlarning xorijiy investorlarga yanada tushunarli bo‘lishi
hamda
mamlakatimizning
investitsiyaviy
jozibadorligini
va
xalqaro
reytinglardagi o‘rnini yaxshilash kabi ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi.
5,4
5,7
1,9
7,4
5,5
6,0
2,0
7,4
0,0
1,0
2,0
3,0
4,0
5,0
6,0
7,0
8,0
2018
2019
2020
2021
MHT-1993
MHT-2008