𝑄 = (𝑟𝐿 — 𝑟𝑟) × 𝑦𝐿 + (𝑟𝑟 – 𝑟𝐷) × 𝑦𝐷
,
(2)
bu yerda,
yL – hisobot davriga kreditlarning o‘rtacha qoldig‘i;
yD – hisobot davriga depozitlarning o‘rtacha qoldig‘i;
rL – kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi;
rD – depozitlar bo‘yicha foiz stavkasi;
rr – bazis stavkasi.
Mazkur uslubiyot bo‘yicha moliyaviy vositachilik xizmatlari hajmi
iqtisodiy faoliyat turlarining oraliq iste’moli hamda uy xo‘jaliklarining yakuniy
iste’moliga taqsimlandi.
3-jadval
BO‘MVX baholanishi o‘zgarishining O‘zbekiston Respublikasi
YAIMiga ta’siri
Yillar
Nominal YAIM, mlrd. so‘m
Qayta ko‘rib chiqilgunga
qadar
Qayta ko‘rib
chiqilgandan keyin
O‘zgarish
(%)
2018
424 728,7
426 641,0
0,5
2019
529 391,4
532 712,5
0,6
2020
602 193,0
605 514,9
0,6
2021
734 909,7
738 425,2
0,5
3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin, moliyaviy vositachilik
xizmatlari hajmining takomillashtirilgan uslubiyotini joriy etilishi natijasida
YAIM hajmi 2018-2021- yillarda 0,5-0,6 % ga oshdi (2-jadval). Bu holat MHT-
2008 asosida baholangan moliyaviy vositachilik xizmatlari hajmining MHT-1993
asosida baholangan moliyaviy vositachilik xizmatlari hajmiga nisbatan
kamayganligi bilan izohlanadi.
3-rasmda moliyaviy vositachilik xizmatlari hajmining takomillashtirilgan
uslubiyotining YAIM o‘sish sur’atlariga ta’siri aks ettirilgan. Moliyaviy
vositachilik xizmatlari hajmining takomillashtirilgan uslubiyotini joriy etilishi
natijasida 2021- yil uchun nominal YAIM hajmi 734,9 trln. so‘mdan 738,4 trln.
so‘mga (0,5 % ga) oshdi va YAIMning real o‘sish sur’ati o‘zgarmadi
(7,4 % saqlanib qoldi).