qo‘llanmasi va boshqa statistika sohasidagi xalqaro standartlar va qo‘llanmalar
bilan muvofiqlikda ishlab chiqilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur maqolada xorijiy va mamlakatimiz iqtisodchi olimlarining milliy
hisoblar tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan ilmiy asarlari qiyosiy o‘rganilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining
ma‘lumotlari tahlilida statistik ma‘lumotlarni guruhlash, solishtirma tahlil,
tanlanma kuzatuv usullaridan foydalanildi. Tadqiqot metodoligasi sifatida
adabiyotlar qiyosiy tahlili, mantiqiy va tarkibiy tahlil qilish, guruhlashtirish va
quyosiy taqqoslash usullaridan foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Milliy hisoblar tizimi (MHT) iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi
hisoblar va jadvallarning muayyan to‘plami shaklida tuzilgan, o‘zaro bog‘liq
statistik ko‘rsatkichlar tizimini o‘zida aks ettiradigan xalqaro uslubiyot bo‘lib,
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha jabhalarini o‘rganishga xizmat
qiladi.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarning aksariyati milliy hisoblar
ko‘rsatkichlarini BMT va Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning “MHT-2008”
xalqaro
standarti
qoidalariga
muvofiq
shakllantirmoqda.
XVJning
ma’lumotlariga ko‘ra, unga a’zo bo‘lgan 193 ta mamlakatdan 1 tasi “MHT-1968”,
56 tasi “MHT-1993”, 136 tasi “MHT-2008” xalqaro standarti qoidalari asosida
milliy hisoblar ko‘rsatkichlarini shakllantirib kelmoqdalar (1-rasm).
1-rasm. MHT xalqaro uslubiyotlarini joriy etgan davlatlar soni
10
1
56
136
0
20
40
60
80
100
120
140
160
MHT-1968
MHT-1993
MHT-2008