Diskret choraklarga asoslangan YaIM hisob-kitoblarini amaliyotga joriy
etish orqali choraklik milliy hisoblarni takomillashtirish maqsadida “Iqtisodiy
statistika ko‘rsatkichlarini diskret choraklar asosida shakllantirish tartibi” ishlab
chiqildi va Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil 31-martdagi 9-sonli qarori
bilan tasdiqlandi
5
.
Ushbu uslubiy nizom asosida iqtisodiy faoliyat turlari kesimida YaIMning
diskret choraklar bo‘yicha hisob-kitoblari amalga oshirildi, 2017-yildan dinamik
qatorlar shakllantirildi va Statistika agentligining rasmiy veb-saytida e’lon
qilindi.
“Resurslar va ishlatilish” jadvallarini tuzish tajribasi takomillashtirildi.
Korxonalarning ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibini o‘rganish
maqsadida 23 turdagi savolnomalar ishlab chiqildi hamda 2020-yilning may-
avgust oylarida respublikaning barcha hududlarida jami 31 961 ta xo‘jalik
yurituvchi subyektlar (nomoliyaviy korxonalar, banklar va sug‘urta tashkilotlari,
nodavlat notijorat tashkilotlar v.b.)ni qamrab olgan holda tanlanma kuzatuvlar
o‘tkazildi.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra aniqlangan “Xarajatlar-ishlab chiqarish”ning
yangilangan koeffitsiyentlari asosida 2019-2020- yillar uchun “Resurslar va
ishlatilish” jadvallari shakllantirildi hamda foydalanuvchilarga taqdim etildi.
2020-2021-yillar davomida XVJ va Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning milliy
hisoblar statistikasi bo‘yicha texnik ko‘mak missiyalari doirasida “Resurslar va
ishlatilish” jadvallarini tuzish tajribasi takomillashtirildi hamda buning
natijasida mazkur jadvallar amaldagi 81 ta tarmoq va 81 ta mahsulotlar
kesimidan 143 ta tarmoq va 143 ta mahsulotlar kesimiga yetkazildi.
Xalqaro tajribani o‘rganish hamda “Resurslar va ishlatilish” jadvallarini
tuzish amaliyotini takomillashtirish maqsadida “Tovarlar va xizmatlar resurslari
va ishlatilishi jadvallarini tuzish bo‘yicha uslubiy nizom” ishlab chiqildi hamda
Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil 16-dekabrdagi 56-sonli qarori bilan
tasdiqlandi
6
.
Statistik ko‘rsatkichlar hisob-kitoblariga xalqaro tasniflagichlar joriy etildi.
YaIMni Yakuniy iste’mol usulida hisoblashda davlat boshqaruvi organlarining
yakuniy iste’mol xarajatlari “Davlat boshqaruvi organlari funsiyalarining tasnifi”
bo‘yicha shakllantirildi.
Yakuniy iste’mol usulida hisoblanadigan YaIM tarkibida uy xo‘jaliklarining
yakuniy iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi “Maqsadlar bo‘yicha individual iste’mol
tasnifi” asosida shakllantirildi.
Kapital bilan operatsiyalar hisobi “Asosiy fondlar tasniflagichi”ni joriy qilish
orqali takomillashtirildi. Aktivlarning turlari bo‘yicha tasniflash yo‘lga qo‘yildi.
Uy-joy egalari tomonidan o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan yashash
xizmatlarini baholash “MHT-2008” xalqaro uslubiyotiga moslashtirildi. Uy-joy
egalari tomonidan o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan yashash xizmatlarini