2-rasm ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘z uyida yashash bo‘yicha shartli
xizmatlarni baholash uslubiyotining o‘zgarishi 2016-2020- yillarda YaIM o‘sish
sur’atining 0,1-0,2 % ga kamayishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini baholovchi statistik
ko‘rsatkichlar
tizimi
ishlab
chiqildi.
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining
“O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot statistikasini yuritish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda axborot iqtisodiyoti va
elektron tijorat yig‘ma ko‘rsatkichlar tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qo‘shma
qarori imzolandi. Ushbu qaror bilan “Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat”
yig‘ma ko‘rsatkichi hamda uning tarkibiga kiruvchi faoliyat turlari ro‘yxati
tasdiqlandi.
“Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohasi bo‘yicha yalpi qo‘shilgan
qiymat hajmini hisoblash tartibi” ishlab chiqilib, Davlat statistika qo‘mitasining
2021-yil 31-maydagi 16-sonli qarori bilan tasdiqlandi hamda amaliyotga joriy
etildi
8
.
Mazkur jarayonlarning yakuniy bosqichi sifatida moliyaviy vositachilik
xizmatlari hisob-kitoblari “MHT-2008” xalqaro uslubiyoti talablari asosida XVJ
va OTB ekspertlarining tavsiyalariga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi
tomonidan ishlab chiqilgan “Bilvosita o‘lchanadigan moliyaviy vositachilik
xizmatlari ishlab chiqarishini hisoblash bo‘yicha uslubiy nizom” asosida
2017-2022 yillar uchun amalga oshirildi.
Moliyaviy vositachilik xizmatlari hajmi “MHT-1993” uslubiyoti bo‘yicha
moliyaviy vositachilar tomonidan olingan va ular tomonidan to‘langan foizlar
o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan hamda shartli tarmoqning oraliq iste’moli
sifatida boshqa xizmatlarga qo‘shgan holda quyidagi formula asosida aks
ettirilgan
8
.
𝑄 = 𝑙 − 𝐷,
(1)
bu yerda,
L – kreditlar foizli daromadlaridan tushum;
D – depozitlar uchun foizli to‘lov.
“MHT-2008” uslubiyoti bo‘yicha esa moliyaviy vositachilik xizmatlari hajmi
kredit (depozit)larning foiz stavkalari va bazis stavkasi (kreditlar va depozitlar
bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi) o‘rtasidagi farqni hisobot davridagi kredit
(depozit)larning o‘rtacha qoldig‘iga ko‘paytirish orqali quyidagi formula asosida
institutsional sektorlar kesimida hisoblandi
8
.