ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi
farmoni, 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son “Davlat boshqaruvining ochiqligi va
shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish
yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori
2
hamda 2020-yil
3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada
takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4796-son
qarori MHTni statistika amaliyotiga keng joriy qilishni yanada jadallashtirishda
huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi
3
.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
MHT nazariy asoslarining vujudga kelishi hamda rivojlanishi ko‘p yillik
tarixga ega bo‘lib, xalqaro miqyosda tan olingan birinchi MHT xalqaro standarti
“MHT-1953” hisoblanadi. Ushbu qo‘llanma 1968, 1993 va 2008-yillarda
yangilanib, takomillashtirilib borildi.
“MHT-1968”ning ishlab chiqilishi milliy hisobchilikning rivojlanishiga katta
hissa qo‘shdi. Ushbu standart tamoyillari asosida BMT milliy hisoblar bo‘yicha
yillik statistik to‘plam chop etishni yo‘lga qo‘ydi hamda ko‘pgina davlatlar “MHT-
1968”ni milliy statistika amaliyotiga joriy qilish ishlarini amalga oshirdilar.
1970-yilda Yevropa hamjamiyati MHTning yevropacha variantini ishlab
chiqdi. Shu yo‘sinda xalqaro tashkilotlar va olimlarning tinimsiz izlanishlari
natijasi “MHT-1993” xalqaro standarti ishlab chiqildi va BMT tomonidan qabul
qilindi. Ushbu standartni ishlab chiqilishida R.Stoun, V.Leontev, P.Xilla, J.Xiks,
Nansi Ragls, Robert Ayznerlarning qo‘shgan hissalari beqiyos. Mazkur
standartda iqtisodiy statistikaning turli bo‘limlari o‘rtasidagi gormonizatsiyaga
ham e’tibor qaratilgan. Bunda milliy hisoblardagi tashqi dunyo hisobi to‘lov
balansi bilan muvofiq bo‘lishi ta’kidlangan. Shuningdek, “MHT-1993”da
geologiya-qidiruv ishlariga xarajatlar, dasturiy ta’minot, badiiy va adabiy
ishlanmalar asosiy kapitalning jamg‘arilishi sifatida talqin etilgan. Bundan
tashqari ushbu standartda sof qiymatliklarni hisobga olish uslubiyoti ishlab
chiqilgan.
“MHT-2008” xalqaro standarti 2009- yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti
(BMT) Statistika komissiyasining 40-sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, ushbu
qo‘llanmada bir qator muhim iqtisodiy jarayonlarni statistik ko‘rsatkichlarda
ifodalash uslubiyoti takomillashtirilgan. Ushbu standartda MHTning asosiy
kotsepsiyalari saqlanib qolgan bo‘lib, iqtisodiyotning muhim aspektlarini o‘zida
aks ettiruvchi YAIM va milliy daromadning muhim komponentlari bo‘yicha
tariflar va tasniflar yangilandi. Ushbu o‘zgarishlar moliyaviy instrumentlar,
markaziy bank faoliyati, ilmiy tadqiqotlarga xarajatlar, qurollanishga xarajatlar,
moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar tasnifi bilan operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu standart “To‘lov balansi (6-tah)”, Iste’mol va ishlab chiqaruvchi narxlari
indeksi bo‘yicha xalqaro qo‘llanma, Davlat moliyasi statistikasi xalqaro