Ikkinchi tizim - bu «oltin deviz andozasi» (Brettonvud valyuta tizimi) bo`lib, u AQSH dollariga nisbatan valyutaning qattiq kursini o`rnatish (og`ishishlar chegarasi +1% oraliqda) orqali amal qilgan. AQSH dollarining kursi oltinga nisbatan qattiq o`rnatilib, dollar shu kurs bo`yicha oltinga konvertirlangan. Tizimning o`zi esa, «oltin deviz andozasi» degan nom oldi. Genuya tizimini, oltin tanga va oltin deviz andozalari o`rtasidagi oraliq tizim deyish mumkin.
Uchinchi jahon valyutatizimi - Yamayka valyuta tizimi, suzib yuruvchi, almashuv kurslariga asoslangan bo`lib, «ko`p valyutali andoza», yoki boshqacha - SDR andozasi deb nomlanadi. Mamlakat belgilangan, suzib yuruvchi yoki aralash valyuta kurslarini tanlashi mumkin. Bu, shuningdek, valyuta inqirozlarini keltirib chiqarish xususiyatiga ham ega.
Jahon valyuta tizimlarining rivojlanish bosqichlarini quyidagi 2-jadval va 1-chizmalar orqali ko`rish mumkin.
Adabiyotlar ro`yxati:
1. O`zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to`g`risida»gi qonuni. 1993 yil 7 may.
2. O`zbekiston bank tizimini islox qilish va erkinlashtirish bo`yicha qonunchilik hujjatlari to`plami. T.: O`zbekiston. 2000.
3. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 2001 yil 22 iyundagi 263-sonli qarori.
4. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli qarori.