Xalqaro valyuta fondi faoliyati



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə3/3
tarix16.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#98788
1   2   3
Xalqaro valyuta fondi

2009-2010-yil. Belarus 3,5 milliard dollarlik kredit berilgan. 2009-yilgi iqtisodiy inqiroz o‘sha davrning yalpi ichki mahsulot o‘sishini 0,2 foizgacha keskin pasayishiga sabab bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga talab pasaydi. Kredit olishdan maqsad – Belarus hukumatining to‘lov balansidagi salbiy saldoni qoplash edi. Xalqaro valyuta fondi shartlariga binoan hukumat milliy valyutani 40 foizga qadrsizlantirishi, soliq siyosatini o‘zgartirishi belgilandi. Shuningdek, hukumat pul-kredit siyosati tamoyillarini o‘zgartirishi kerak edi. Kredit 2015-yil mart oyida muddatidan oldin to‘langan.
Quyida esa Xalqaro volyuta fondi so‘nggi yillarda eng katta yordam ko‘rsatgan davlatlar bilan tanishamiz:
2008-2010-yillar. Turkiya
Kredit summasi 23,5 milliard dollarni tashkil etgan. Kreditga bo‘lgan ehtiyoj YaIM o‘sish sur’atlarining pasayishi, milliy valyutaning qadrsizlanishi bilan izohlanadi. XVF taqdim etgan kreditning maqsadi iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash edi. Qarz berish shartlari – xarajatlarni sezilarli darajada pasaytirish bo‘lgandi. Kredit 2013-yilda to‘lab bo‘lingan.
3
4
04
03
1998-yil. Rossiya 12 milliard dollarlik kredit ajratildi. Kredit 1998-yil davomida uchta transh bilan berildi. Kredit shartlari quyidagicha edi: inflyatsiyaning 6,9 foizgacha pasayishi, davlat byudjeti defitsitining 2 foizdan oshmasligi, tashqi savdoni liberallashtirish, bir vaqtning o‘zida aksiz solig‘ini oshirish bilan neft va gazga eksport bojlarini bekor qilish, eksport qilinadigan tovarlarni majburiy bojxona ko‘rigidan o‘tkazish va bojxona to‘lovlarini kamaytirish, import qilinadigan alkogol mahsulotlariga bo‘lgan cheklovlarni olib tashlash. Kredit 2005-yil yanvar oyida muddatidan oldin to‘langan.
2008-2013-yillar. Vengriya Kredit summasi 12 milliard dollarni tashkil etadi. Hukumat pulni 17 oy davomida bo‘lib-bo‘lib oldi. Kredit olish uchun murojaat sababi – bir necha yillar davomida byudjet taqchilligi tufayli yuzaga kelgan juda katta davlat qarzi edi. XVF’ning qarz shartlari: mavjud qarzlarni to‘lashdan tashqari barcha byudjet toifalarining xarajatlarini kamaytirish edi. 2013-yil avgust oyida Vengriya hukumati kreditni muddatidan 1 yil oldin to‘lab bo‘ldi.
E'tiboringiz uchun tashakkur!
Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin