7. Klassik iqtisodiy maktabning to‘la shakllanishi
A. Smit metodologiyasi.
Olim o’z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba'zi bir shunday tabiiy xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog’liq emas, degan xulosaga asoslanadi. Ana shunday xususiyatlardan bir egoizm bo’lib, odamlar o’z xo’jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shaxsininggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uktirdi u . har bir odam o’z shaxsiy manfaatini ko’zda to’tadi, ammo bu holatda ko’p boshqa holatlardagi kabi, u ko’rinmas qul tomondan uning niyatida ham bo’lmagan maqsad sari yo’naltiriladi.Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilganidan ko’ra ko’proq haqkoniy ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. "Ko’rinmas qo`l" - bu ob'ektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Bu qonunlar odamlarning xoxish-irodasidan kat'iy nazar, odatda unga qarama-qarshi harakat qiladi. har bir odam ko’proq foyda olish uchun kapitalni imkoni boricha qulay ishga joylashtirishga o’rinadi, chunki u jamiyatning emas, balki avvalo o’zining shaxsiy manfaatini ko’zlaydi. Ammo inson o’z shaxsmiy manfaatini o`ylagan paytda, bu holat tabiiy, yoki aniqrog`i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat uchun ko’proq naf keltiruvchi mashg`ulotni tanlaydi va shu ish bilan shug`ullanadi. Shunday qilib, Smitning ta'rifi bo’yicha, foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (biz Sovet hokimiyati davrida ma`lum yillar davomida bu fikrga qarshi kurashib keldik).
Iqtisodiy rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o’zaro nixoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit "tabiiy tartib" deb atagan. A.Smit va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy siyosatning tamoyili va maqsadi bo’lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy harakatni o’rganish uchun nazariy konstruksiya yoki modeldir. Demak, jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklanmaslik kerak, degan xulosa chiqarishiladi.
Bu tamoyilga ko’ra quyidagilar taklif etiladi:
Ishchi kuchining erkin harakati;
Savdoda (yer savdosida ham) to’la erkinlik;
Sanoat va ichki savdoni xukumat tomonidan reglamentasiya qilishga qat'iy qarshilik;
Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi).
Olimning bu g’oyalari keyinchalik to’la amalga oshdi.A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan, shuning uchun kapitalistik munosabatlar abadiy, kapitalistik xo’jalik namoyandalarining xususiyatlari odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, deb izohlaydi (bu fikrning qanchalik to’g’riligini tarix ko’rsatadi). A.Smitning tushunchasi bo’yicha iqtisodiy hayot shunday jarayonki, u ayrim kishilarning xoxishiga bog’liq bo’lmagan ob'ektiv qonunlarga buysunadi bu qonunlar tabiiyodir, insonning tabiatidan kelib chiqqan xo’jalikning "tabiiy" qonunlarini ochishga intilgan olim amalda kapitalistik ishlab chiqarishni tadqiq etdi.A.Smit iqtisodiy haqiqatga oid faktlarni qanday bo’lsa shunday holda, bevosita kuzatuvchiga qanday ko’rinsa shunday o’rganish bilan cheklanmasdan, "tabiiy baho", "tabiiy norma", ish haqi va boshqalarning nimaga bog’liq ekanligini aniqlashga urindi. Buning uchun mantiqiy abstraksiya yordamiga tayanib ish yuritdi. U tasodifiy voqealardan holi ravishda kapitalistik xo’jalikning ayrim xususiyatlari to’g’risida qator muhim xulosalar chiqarishdi. Shu bilan birga u boshqa vazifa - aniq iqtisodiy hayotni izohlashni ham o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. U shu maqsadda shundoqkina ko’rinib to’rgan kapitalistik xo’jalik voqealarini izohladi va ma'lum sistemaga soldi.A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib qator chuqur ilmiy xulosalarga keldi, hodisalarning ichki boqlanishi masalalariga kirib bordi. Shunga paralel ravishda u boshqa yo’ldan ham bordi, kapitalistik haqiqat to’g’risidagi bevosita kuzatish natijalarini umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi.
N.G.Chyernishevskiy A.Smit metodiga aniq xarakteristika bergan. Ikkala metodni bir vaqtda qo’llashning afzalligi bilan birga, katta kamchiligi ham bor: olingan natijalarni bevosita solishtirish har doim ham mumkin emas. Ilmiy tahlil asosida olingan xulosalar, yuzaki umumlashmalar bilan bir qatorga qo’yiladi. Mazmun va hodisa shakllari doim ham o’zaro mos kelavermaganidan bu xulosalar ba'zida bir-biriga zid ham bo’lgan, ammo A.Smit buni oxirigacha tushunib yetmadi.