Xamsanavislik an’anasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si”



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə11/19
tarix06.06.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#125741
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Танлов фан Хамсанавислик анъанаси 2

Ta’lim texnologiyalari: ko’rgazmali ma’ruza, muammoli ta’lim, davra suhbati, aqliy hujum va boshqalar.
Adabiyotlar: A4, A6, A7, Q19, Q26, M38.

Xamsanavislik an’anasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si” fani bo`yicha ma`ruza mashg`ulotlarining kalendar tematik rejasi


MA’RUZA MASHG’ULOTLARI





Mavzuning nomi

Soat

1

Kirish. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. "Xamsa" va xamsanavislik. Xamsanavislikning yuzaga kelish asoslari.

2

2

Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”si hamda fors-tojik va tirkiy adabiyotda masnaviyna-vislik taraqqiyoti.

2

3

Nizomiy Ganjaviy hayoti va “Panj ganj” dostonlar turkumining yaratilishi.

2

4

Amir Xusrav Dehlaviy – xamsanavislik an’anasining asoschisi.

2

5

Abdurahmon Jomiyning “Haft avrang” dostonlar turkumi.

2

6

Alisher Navoiy "Xamsa"sining yaratilish tarixi.

2

7

“Maxzan ul-asror” va uning naziralarida kompozitsiya

2

8

"Hayrat ul-abror" dostoni kompozitsiyasining qiyosiy tahlili.

2

9

Xusrav va Shirin haqidagi syujet tarixi va tadrijiy taraqqiyoti

2

10

"Farhod va Shirin" dostonining qiyosiy tahlili.

2

11

Layli va Majnun haqidagi syujetning yaratilish tarixi va taraqqiyoti.

2

12

“Layli va Majnun” (Navoiy) dostonining qiyosiy tahlili.

2

13

Shoh Bahrom haqidagi syujet tarixi

2

14

"Sab`ayi sayyor" dostoni qoliplovchi syujetining qiyosiy tahlili.

2

15

"Sab`ayi sayyor" dostonidagi hikoyatlarning qiyosiy tahlili.

2

16

Iskandar haqidagi syujet tarixi, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav va Abdurahmon Jomiy dostonlari.

2

17

Alisher Navoiyning "Sadi Iskandariy" dostoni kompozitsiyasida an’ana va o’ziga xoslik.

2

18

XVI-XIX asrlarda xamsanavislik.

2




JAMI

36



AMALIY MASHG`ULOTLARNI TASHKIL ETISH

Amaliy mashg’ulotlarda talabalar mavzuga aloqador manbalarni o’rganish asosida ma`ruza darslarida olgan ma`lumotlarini mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar. Bunda nazariy ma’lumotlarni amalda qo’llash, xamsanavislik an’anasiga oid ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish, Alisher Navoiy “Xamsa”si matnlarini dars jarayonida tahlil qilishga e’tibor qaratiladi. O’qituvchi zimmasiga fikr va ma`lumotlarni saralash, to’ldirish, izohlash va baholash kabi vazifalar yuklatiladi. Amaliy mashg’ulotlarda ta`limning samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan yangicha usullarni qo’llash nazarda tutiladi. Amaliy mashg’ulotlarning mavzusi va rejasi "Fanning ishchi dasturi" va "Amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi"da, olib borish jarayoni “Ta`lim texnologiyalari”da o’z ifodasini topadi. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.



Amaliy mashg’ulot mavzulari
Firdavsiy “Shohnoma”sida Iskandar, Bahrom Go’r va Xusrav Parviz dostonlari.
Abulqosim Firdavsiy shaxsiyati va “Shohnoma” asariga oid ma’lumotlar. “Shohnoma” asarida Iskandar podsholigi davri tasviri. “Shohnoma”da Bahrom Go’r va Ozoda qissasi. Xusrav Parviz dostoni, unda Shirin timsolining orni. Firdavsiy “Shohnoma”si va xamsanavislik an’anasi.
Nizomiy Ganjaviy hayoti va “Panj ganj” dostonlar turkumi.
Nizomiy Ganjaviy hayoti va adabiy merosi haqida umumiy ma`lumot. “Maxzan ul-asror” dostonining yaratilish tarixi, kompozitsiyasi. “Xusrav va Shirin”, “Layli va Majnun”, dostonlari. “Haft paykar” dostonida asosiy syujet va kiritma hikoyatlar. “Iskandarnoma” dostonining yaratilishi va g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.

Xusrav Dehlaviy “Xamsa”si kompozitsiyasi: an’ana va o’ziga xoslik.
Xusrav Dehlaviy adabiy merosi. Xamsaning adabiy an`ana sifatida yuzaga kelishi. “Matla’ ul-anvor” dostoni kompozitsiyasining o’ziga xosligi. “Shirin va Xusrav”, “Majnun va Layli”, “Hasht behisht”, “Oinai Iskandariy” dostonlari haqida umumiy ma’lumot. “Xamsatayn”, turkiy va fors-tojik adabiyotida unga munosabat.

Jomiyning “Haft avrang” turkumi tarkibidagi dostonlar.


Abdurahmon Jomiyning adabiy merosi. “Haft avrang” dostonlar turkumining yaratilishi. Xamsa va sab’a masalasi. Jomiy va xamsanavislikning an’anaviy syujetlari. “Silsilat uz-zahab”, “Salamon va Ibsol”, “Tuhfat ul-ahror”, “Sabhat ul-abror”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, Xiradnomai Iskandariy” dostonlari haqida umumiy tushuncha.

Xusrav va Shirin haqidagi syujet tarixi.


Xusrav - Shirin - Farhod syujetining genezisi, tarixiy asoslari. Firdavsiy “Shohnoma”sida Xusrav Parviz dostoni. Nizomiy Ganjaviy "Xusrav va Shirin" dostoni syujeti. Xusrav Dehlaviyning “Shirin va Xusrav” dostoni syujetida an’ana va ijodiylik.


Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin