Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga
qo’yiladigan talablar
"Xamsanavislik an’anasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si” fanini o`qitishda talabalarning bilim va malakasiga qo`yiladigan talablar "Davlat ta`lim standarti" (2011-yil)dan kelib chiqqan holda belgilangan. Bunda talabalarning:
- Adabiyot tarixining madaniyat tarixidagi o’rni haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- adabiyot taraqqiyotining asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- mumtoz adabiyot janrlarining paydo bo’lishi va taraqqiyoti haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- o`zbek mumtoz adabiyoti matnlarini tahlil qilish malakasiga ega bo’lishi;
- mumtoz adabiyotda tasavvuf yaqinligining asoslarini, poetik san’atlarini bir-biridan farqlay olishi (“DTS” 11-12-betlar);
- Alisher Navoiy “Xamsa”sining “nazirayi benazir” ekanligi, uning an’anaga munosabati haqida mukammal ma’lumotga ega bo’lishi;
- Alisher Navoiy “Xamsa”si dostonlari matnlarini qiyoslash va mustaqil tadqiq etish ko’nikmasiga ega bo’lishi;
- mumtoz adabiy merosimiz namunalarini chuqurroq tadqiq etish, falsafiy asoslari, g’oyaviy manbalarini aniq tasavvur etishi;
- mumtoz badiiy asarlarning axloqiy-tarbiyaviy mohiyatini teran anglash va tushuntira olish qobiliyatiga ega bo`lishi;
- tavsif, tafsir va qiyosiy-tarixiy metodlarni qo`llash bo`yicha dastlabki ko`nikmalarga ega bo`lishi;
- birlamchi manbalar vositasida xulosalar chiqara olishi hamda, saboqlarini "Milliy istiqlol g’oyasi" va milliy mafkura talablaridan kelib chiqqan holda hayotga tadbiq eta olishi talab etiladi.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
Mazkur tanlov fan filologiya yo’nalishidagi “O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi”, “Turkiy xalqlar adabiyoti”, “Jahon adabiyoti”, “Adabiyotshunoslikka kirish”, “Adabiyot nazariyasi” kabi asosiy hamda “Tasavvuf va mumtoz poetika masalalari”, “O’zbek she’riyatida aruz”, “Alisher Navoiy dostonlarida Komil inson timsoli” singari ixtisoslik va tanlov fanlar bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldirib boradi.
Dostları ilə paylaş: |