ASOSIY QISM “Xamsanavislik an’anasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:
№
Mavzu
Ma`ruza
Amaliy
Mustaqil ish
Jami
1
Xamsanavislikning yuzaga kelish asoslari. Firdavsiy “Shohnoma”si hamda fors-tojik va tirkiy adabiyotda masnaviynavislik taraqqiyoti.
4
4
6
14
2
Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviy xamsanavislik an’anasining asoschilari.
4
4
8
16
3
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy "Xamsa"larining yaratilish tarixi.
4
6
8
18
4
"Hayrat ul-abror" dostoni kompozitsiyasining qiyosiy tahlili.
4
4
8
16
5
"Farhod va Shirin" dostonining qiyosiy tahlili.
4
4
8
16
6
“Layli va Majnun” (Navoiy) dostonining qiyosiy tahlili.
4
4
6
14
7
"Sab`ayi sayyor" dostoni qoliplovchi syujeti va hikoyatlarining qiyosiy tahlili.
6
4
8
18
8
Iskandar haqidagi syujet tarixi, Navoiyning "Sadi Iskandariy" dostoni kompozitsiyasida an’ana va o’ziga xoslik.
4
4
8
16
9
XVI-XIX asrlarda xamsanavislik.
2
2
8
12
JAMI
36
36
68
140
FANNING NAZARIY MASHG’ULOTLARI MAZMUNI
Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. "Xamsa" va xamsanavislik. Xamsanavislikning yuzaga kelish asoslari. Tanlov fanining DTS va o’quv rejalari bilan bog’liqligi, hajmi va tarkibi, predmeti, maqsad va vazifalari haqidagi muxtasar ma’lumotlar.
"Xamsa" so’zining lug’aviy va istilohdagi ma`nolari. Xamsa va beshliklar. Xamsaning adabiy an`ana sifatida yuzaga kelishi. Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog’aviy, Hoju Kirmoniy va Abdurahmon Jomiy xamsalari haqida umumiy ma`lumot. Xamsanavislikda dostonlar tartibi masalasi. Dostonlar vazni, shakl va mazmun mutanosibligi masalasi. Xamsanavislikda an`ana va yangilik masalasi. Turkiy adabiyotda xamsanavislik qadamlari. Xamsa va sab’a.
Ta’lim texnologiyalari:ko’rgazmali ma’ruza, muammoli ta’lim, davra suhbati, aqliy hujum va boshqalar. Adabiyotlar: A4, A5, A6, A7, A8, A9, Q10, Q19, Q22, Q23, Q24, Q26.
Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”si hamda fors-tojik va tirkiy adabiyotda masnaviynavislik taraqqiyoti. Firdavsiy shaxsiyati va “Shohnoma” asariga oid ma’lumotlar. “Shohnoma” asaridagi eng mashhur syujetlar. “Shohnoma” syujetlarining fors-tojik va turkiy adabiyotda qayta ishlanishi. Iskandar Zulqarnayn haqidagi doston syujetining o’ziga xosligi. Unda tarixiy haqiqat va badiiy to’qima. Bahrom Go’r haqidagi doston va uning asosiy jihatlari. Bahrom va Ozoda qissasining asosiy xususiyatlari. Xusrav Parviz dostoni, unda Shirin timsolining tutgan orni. Firdavsiy “Shohnoma”sining xamsanavislik an’anasi shakllanishidagi roli.
Ta’lim texnologiyalari: ko’rgazmali ma’ruza, muammoli ta’lim, davra suhbati, aqliy hujum va boshqalar. Adabiyotlar: A 4, A 7, A 9, Q 17, Q 19, M 37. Nizomiy Ganjaviy hayoti va “Panj ganj” dostonlar turkumining yaratilishi. Nizomiy Ganjaviy hayoti va uning dostonlari haqida umumiy ma`lumot. Nizomiy va Firdavsiy, Nizomiy va Shayx Sanoiy. “Maxzan ul-asror”, “Xusrav va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Haft paykar” va “Iskandarnoma” dostonlarining yaratilish tarixi, hajmi, kompozitsiyasi va g’oyaviy-badiiy xususiyatlari. Xamsanavislikda dostonlar tartibi masalasi. Dostonlar vazni, shakl va mazmun mutanosibligi masalasi. Xamsanavislikda kompozitsiya masalasi: maqolot - hikoyat, kompozitsiyasi, yagona syujet, turkum syujetlar va aralash kompozitsiyalar. "Xamsa"larning "Bismillohir rahmonir rahim" bilan boshlanishi.