Xamsanavislik an’anasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si”



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə1/19
tarix06.06.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#125741
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Танлов фан Хамсанавислик анъанаси 2






KIRISH

Ma`lumki, xamsanavislik Sharq xalqlari adabiyotida muhim mavqega ega bo’lgan murakkab adabiy an`analardan biri hisoblanadi. Xususan, o’zbek mumtoz adabiyotining buyuk siymosi Alisher Navoiy "Xamsa"si adabiyotimiz tarixining gultoji bo’lish bilan birga, mazkur an`anani yangi kamolot bosqichiga ko’targan bebaho me`ros sanaladi. Alisher Navoiy “Xamsa”si umumta’lim maktab, Akademik Litsey va Kasb hunar kolejlari dasturlarida, shuningdek, “Filologiya” yo’nalishi o’quv rejasidagi “O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi” fani doirasida qisman o’rganiladi. Biroq buyuk mutafakkir shoirning mazkur durdona asarida yashiringan ma’naviy-ma’rifiy xazina, badiiyat jilolaridan to’laqonli bahramand bo’lish uchun bu yetarli emas.


Navoiy "Xamsa"sining tub mohiyatini anglash, to’g’ri tahlil va talqin etish uchun uni shoir e`tirof etgan boshqa xamsanavislar, xususan, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog’aviy, Hoju Kirmoniy va Abdurahmon Jomiy kabilarning turkum dostonlari bilan qiyoslagan holda o’rganish maqsadga muvofiq. Shuni inobatga olib bakalavriat ta’lim bosqichining “Filologiya va tillarni o’qitish” yo’nalishi o’quv rejasidagi ixtisoslik fanlari uchun ajratilgan soatlar hisobidan "Xamsanavislik an’anasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si” tanlov fani kiritildi. Ushbu fan doirasida nafaqat Alisher Navoiy adabiy merosi haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish, balki masnaviynavislik tarixi va taraqqiyoti, adabiy aloqalar, tasavvuf va mumtoz adabiyot kabi nazariy muammolarga doir bilim va malakaga ega bo’lish rejalashtirilgan.


Fanning maqsad va vazifalari, predmeti

Filologiya yo’nalishi bakalavriat ta`lim bosqichining o’quv rejasidan o’rin olgan “O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi” fani dasturida Alisher Navoiy “Xamsa”sini o’rganish uchun ajratilgan soatlar faqat mazkur dostonlarning umumiy kompozitsion xususiyatlari hamda syujeti va obrazlari bilan tanishtirish, dastlabki umumiy tasavvur hosil qilishgagina imkon beradi. Shuni inobatga olib, mumtoz adabiyot yo’nalishi bo’yicha chuqurroq bilim olish istagida bo’lgan talabalarga ushbu tanlov asosidagi “Xamsanavislik an’anasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si” kursini o’tish va bu kurs davomida adabiyotshunoslikning qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-tipologik metodlariga tayangan holda Navoiy “Xamsa”sini boshqa xamsanavislarning turkum dostonlari bilan qiyoslagan holda asar kompozitsiyasi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini tadqiq va tahlil qila olish ko’nikmasini hosil qilish asosiy maqsad qilib belgilangan. O`qitishning asosiy vazifalari quyidagilar:


- Xamsanavislik an’anasining shakllanishi va taraqqiyoti haqida to’laqonli ma’lumot berish;
- Xamsanavislik tarixi bilan bog’liq manbalar bilan bevosita tanishish va o’rganish ko’nikmasini hosil qilish;
- noyob adabiy, ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs rivojidagi ahamiyatini tushuntirish;
- talabalarda badiiy asar mohiyatini chuqur anglash, ko`nikmasini hosil qilish;
- mavjud matnlarni g’oyaviy-badiiy jiqatdan tahlil va tadqiq etish, teran ilmiy-nazariy xulosa va yechimlarga kelish ko`nikmasini shakllantirish;
- egallangan bilim va malakani xalq ma`naviyatini rivojlantirsh yo`lida amaliyotga tadbiq etish.



Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin