Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini (TICh) qayta hisoblash. O’tgan oyning oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari oy boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlaridir. O’tgan oyning oxirida o’tgan oyda amaldagi me’yorlar asosida tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari baholanadi.
Agar hisobot oyi uchun me’yorlar o’zgarsa, hisobot oyi uchun belgilangan normativlardan kelib chiqib, oy boshida tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarni qayta baholash zarurati tug’iladi. Bunday qayta baholash ikki yo’l bilan amalga oshiriladi – tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining barcha ob’ektlarini me’yorlarning o’zgarishi miqdori bo’yicha bevosita qayta hisoblash va kalkulyatsion moddalari bo’yicha me’yorlarning o’zgarishi miqdori bo’yicha yiriklashtirilgan qayta hisoblash.
Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining barcha ob’ektlarini me’yorlarning o’zgarishi miqdorini bevosita qayta hisoblash bo’yicha tugallanmagan ishlab chiqarish qiymat ko’rsatkichlarini tugallanmagan detallar, uzellar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa ob’ektlarni foizdagi me’yor o’zgarishi o’lchamiga ko’paytiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarishni bu qayta baholash usuli juda ishonchli ma’lumotlarni olish imkonini beradi, lekin juda mehnat talab etadi.
Kalkulyatsion moddalari bo’yicha me’yorlarning o’zgarishi miqdori bo’yicha yiriklashtirilgan qayta hisoblash tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini hisoblangan foiz o’zgarishiga ko’paytiriladi (7-jadval).
7-jadval
Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini qayta hisoblash qaydnomasi
Tugallanmagan ishlab chiqarishni qayta baholashning ikkinchi usuli birinchisiga nisbatan kam mehnat talab qiladi, shuning uchun undan ko’proq foydalanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi uncha ko’p bo’lmagan va me’yor o’zgarishi muhim bo’lmagan hollarda korxonalar tugallanmagan ishlab chiqarishni qayta hisobga olmaydilar. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha me’yorning o’zgarishi va aniqlangan me’yordan og’ishlar tovar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga o’tkaziladi.