Xarajatlar haqida


Me’yorlarning o’zgarishini hisobga olish



Yüklə 72,15 Kb.
səhifə20/23
tarix22.10.2023
ölçüsü72,15 Kb.
#159678
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Qo`shimcha mahsulot hisobi (Восстановлен)

Me’yorlarning o’zgarishini hisobga olish. Yangi ishlab chiqilgan me’yorlar tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Topshiriq hujjatlari asosida korxonani tegishli bo’limlari me’yorlardagi o’zgarishlar to’g’risidagi xabarnomalarni yozib va ularni tsexlarga, ta’minot bo’limiga va iqtisodiy bo’limlarga etkazadi.
Xabarnomalarda o’zgarishdan oldingi va keyingi me’yorlar, o’zgartirish asoslari, yangi me’yorlar kiritilgan sana, me’yorlar o’zgartirilgan mahsulotlar shifrlarini foydalanilayotgan tarkibiy bo’linmalar shifrlari va boshqa ma’lumotlar ko’rsatiladi. Ishchilar mehnat haqi (vaqt me’yori va narxlar)ga ta’sir etuvchi o’zgarishlar yangi me’yorlar kiritilishidan oldin ishchilarga ma’lum qilinishi kerak.
Me’yorlardan chetga chiqishlarni hisobga olish. Normalardan og’ish – haqiqiy va me’yoriy xarajatlar o’rtasidagi aniqlangan farqdir. Chetga chiqish mazmuniga ko’ra salbiy (ortiqcha xarajat) va ijobiy (iqtisodiy samara)larga bo’linadi.
Ishlab chiqarish texnologik jarayonining buzilishi, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishdagi kamchiliklar (xom ashyo materiallarning buzilishi, yaroqsiz mahsulot mavjudligi, ish vaqtidan tashqari va boshqalar) oqibatida salbiy og’ishlar sodir bo’ladi.
Ijobiy og’ishlar, odatda, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasidir (chiqindilardan oqilona foydalanish, nuqsonlarni bartaraf etish, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va boshqalar). Past me’yorlardan foydalanishda ijobiy og’ishlar sodir bo’lishi mumkin va bu qoldiq ularning yuqoriga o’zgarishi bilan bartaraf etiladi.
Hujjatlashtirish, inventarizatsiya, hisob-kitob qilish usullari yordamida me’yorlardan chetga chiqishlarni hisobga olinadi. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya usullari bevosita o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha og’ishlarni hisobga olish uchun foydalaniladi. Hisoblash usuli, odatda, bilvosita o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha chetga chiqishlarni hisobga olish uchun qo’llaniladi.
Me’yorlardan chetga chiqishlarning analitik hisobi xarajatlarning yuzaga kelish joylari, sabablari, mahsulot turlari, kalkulyatsiya moddalari bo’yicha amalga oshiriladi.

Yüklə 72,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin