Xasanboy Abdusalomovich Ibragimov



Yüklə 251,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix04.02.2023
ölçüsü251,2 Kb.
#82786
1   2   3   4   5   6
512-517

NATIJALAR VA MUHOKAMA
 
Jismoniy mashqlar ta‘sirida muskullar faqat cho‗zilibgina qolmay, shu bilan 
birga qattiqlashadi ham. Muskullarning qattiqlanishiga, bir tomondan, muskul 
hujayralari protoplazmasining va hujayralar orasidagi biriktiruvchi to‗qimaning o‗sib 
ketishi, ikkinchi tomondan, muskullar tonusining holati sabab bo‗ladi. 
Har bir muskul ma‘lum taranglikka yoki tonusga ega bo‗lib, uni muskullarni 
oddiygina ushlab ko‗rish yo‗li bilan aniqlash mumkin: sport bilan shug‗ullanmoqchi 
kishilarda muskullar yumshoq va shalviragan, demak, tonusi nihoyatda pasaygan 
bo‗ladi, vaholanki, tonus muskullarni ishga tayyorlaydi; jismoniy mashqlar bilan 
shug‗ullanuvchi kishilarda esa muskullarning tonusi birmuncha yuqori bo‗lib, to‗g‗ri 
qaddi-qomatni saqlab qolishda katta rol o‗ynaydi. Nerv sistemasi qo‗zg‗otilganda, 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 515 www.ares.uz 
ayniqsa, jismoniy mashqlardan keyin, umumiy tonus ko‗tariladi. Toliqqanda 
muskullar tonusi pasayadi. Muskul tonusini markaziy nerv sistemasi tartibga solib 
turadi, shu sababli tonusning har qanday pasayishi markaziy nerv sistemasining ham 
toliqqanidan darak beradi. Bu toliqishni esa jismoniy mashqlar va sport yordamida 
yo‗qotish mumkin. Jismoniy mashqlar ta‘sirida muskullarning oziqlanishi, ya‘ni 
ularning qon bilan ta‘minlanishi kuchayadi. Ma‘lumki, jismoniy harakat natijasida 
faqat muskullarning orasidan o‗tuvchi behisob mayda qon tomirlar (kapilyarlar)ning 
oralig‗i kengayibgina qolmay, shu bilan birga ularning miqdori ham ko‗payadi. 
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanuvchi kishilarning muskullarida 
kapilyarlarning miqdori mashq qilmagan kishilardagiga nisbatan ancha ko‗p bo‗ladi, 
binobarin, to‗qimalarda va bosh miyada qon aylanishi ham mashq qilmagan 
kishilardagiga nisbatan ancha yaxshi bo‗ladi. Rus olimi Sechenev miya faoliyatining 
riyojlanishida muskullar harakatining ahamiyati borligini ko‗r satib o‗tgan. Jismoniy 
mashqlar bilan harakatga keltirilgan muskullar markaziy nerv sistemasining ta‘siri 
ostida yuz beradigan murakkab kimyoviy o‗zgarishlar natijasida tetiklik, yengillik va 
quvnoqlik tuyg‗ularini hosil qiladi. Jismoniy mashqlarni bajarayotganda kislorod 
nihoyatda ko‗p talab qilinadi, mana shuning uchun ham muskul sistemasi qanchalik 
ko‗p ishlasa, qon aylanish qonunlarini ochgan ulug‗ olim Garvey tomonidan 
«organizmimizning quyoshi, uning hayot manbai» deb atalgan o‗pka bilan yurak 
shunchalik shiddatli ishlaydigan bo‗ladi deya takidlaydi. Jismoniy mehnat yoki sport 
bilan shug‗ullanmay, osoyishta hayot kechiradigan odam yuragining faoliyati 
shundan iborat bo‗ladiki, u o‗zining har bir qisqarishida 50—60 gramm qonni chap 
yurak qorinchasidan aortaga otib beradi. Bir sutkada yurak yuz ming martaga yaqin 
qisqaradi. Agar u haydab bergan qon biron hovuzga yig‗iladigan bo‗lsa, bir sutkada 
salkam 6000 litrni tashkil qilgan bo‗lar edi. Yurak har bir qisqarganida 1 kilogramm 
yukni 20 santimetr balandlikka ko‗targanchalik ishni bajaradi. Agar yurakni ko‗tarma 
mashinaning motori singari ishlashga majbur etish mumkin bo‗lganida, u bir soatda 
odamni 12 metr balandga, ya‘ni taxminan binoning to‗rtinchi qavatiga olib chiqolgan 
bo‗lar edi. Muntazam ravishda mashq qilish natijasida yurak juda katta kuch bilan 
ishlashga moslashadi. Mashq qilib shaylangan odamning yuragi hatto tinch holatda 
ham har qisqarishida aortaga 80 grammdan 100 grammgacha qon haydab beradi. 
Yaxshi sportchi doimo zo‗r kuch bilan ishlagan vaqtida uning yuragi har qisqarganida 
aortaga 
200 
grammgacha 
qon 
haydab 
beradi, 
vaholanki, 
sport 
bilan 
shug‗ullanmaydigan odam ham xuddi shunday kuch sarflab ishlaganda, uning yuragi 
har qisqarganida aortaga zo‗r-bazo‗r 100 gramm qon hayday olishi mumkinligi 
isbotlangan. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‗ullanish tomir urishi tezligiga, 



Yüklə 251,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin