Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 516 www.ares.uz ya‘ni yurakning qisqarish tezligiga ham ta‘sir etadi. Agar mashq qilmagan kishining
yuragi tinch holatda minutiga 90 martaga yaqin qisqarsa, sportchilar va mashq qilib
chiniqqan kishilarning tomir urish tezligi 50—60 orasida o‗zgarib turadi, ko‗p
yillardan buyon uzoq masofaga yugurish, suzish, chang‗ida yugurish, bo‘yicha mashq
qilib kelayotgan ba‘zi sportchilarning tomir urishi esa minutiga 50 martagacha yetadi.
Mashhur yuguruvchi aka-uka Znamenskiylarning tomir urushi minutiga 40-45
martadan oshmasligini amaliyot ko‗rsatgan. Agar bemorning tomir urushi minutiga
35-40 martaga tushib qolsa, uni davolayotgan vrach juda ham tashvishlangan
bo‗lardi! Mashq qilib kelmagan va buning ustiga o‗rta yoshda bo‗lgan odamda tomir
urishining bunchalik pasayib ketishi yurakni oziqlantiruvchi tomirlarning
kasallanganligidan darak bergan bo‗lar edi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanuvchi odamning yuragi tejamli ishlaydi
(qisqaradi). Uning qisqarishlari mashq qilmagan odamning yuragiga nisbatan ancha
chuqur bo‗lib, mashq qilib kelgan odamning yuragi har qisqarganida mashq qilmagan
odamning yuragi qisqargandagiga nisbatan aortaga ancha ko‗p qon oqib o‗tadi.
Mashq qilib chiniqqan yurak zo‗r kuch sarflanadigan jismoniy harakatlar vaqtida,
o‗zi hech qancha zararlanmay turib, ancha tez qisqara boshlashi va tezda o‗zining asli
holatiga qaytishi mumkin. Musobaqalar vaqtida sportchining yurak qisqarishi ba‘zan
minutiga 240-280 marta gacha yetadi. Chiniqmagan yurak bunday zo‗riqishlarga
badosh bera olmaydi. Fiziologik ma‘lumotlarning ko‗rsatishicha, chiniqqan yurak
zo‗r berib ishlaganda yurak qorinchalarining har bir qisqarishida aortaga va o‗pka
arteriyasiga ikki stakan qon otib bera oladi. Minutiga ikki yuz marta qisqarganida esa
bu raqam 80 litrni tashkil etadi. Bunday holatda yurakning bajaradigan ishi 65
kilogramm og‗irlikdagi odamni 1 metr balandlikka ko‗tarish uchun bajariladigan ish
bilan baravar keladi. Og‗irligi qandaydir 300-400 gramm keladigan kichkinagina
organ ana shunday katta ishni bajaradi. Yurakni shoirona nafis qilib tasvirlovchi
shoirlar va yozuvchilar buni bilisharmikan, yosh qalblarida paydo bo‗lgan ezgu-
umidlarni o‗ylab, oh chekuvchi yosh xayolparastlar va, nihoyat, yurakni kun sayin
nikotin va alkogol bilan zaharlab keluvchi, uni jismoniy mashqlarning hayotbaxsh
ta‘siridan va, binobarin, yurak muskullarini to‗g‗ri hamda yetarli oziqlanishdan
mahrum etuvchi kishilar buni bilisharmikan? Ehtimol, quruq raqamlar ularga uncha
ko‗p ta‘sir ko‗rsatolmas - bunday kishilar bu raqamlarga qo‗l siltab, yurakning
musobaqa vaqtida bajargan ishi taxminan 25 tacha odamni besh qavatli binoning
tepasiga chiqarib qo‗yish uchun yetarlidir, chang‗ichi yuragining ikkala qorinchasi
shu vaqt ichida haydab bergan qonning miqdori esa 35 tonnaga — yuk ortilgan katta
temir yo‗l sisternasiga tengligichi.