Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 515 www.ares.uz
ayniqsa, jismoniy mashqlardan keyin, umumiy tonus ko‗tariladi. Toliqqanda
muskullar tonusi pasayadi. Muskul tonusini markaziy nerv sistemasi tartibga solib
turadi, shu sababli tonusning har qanday pasayishi markaziy nerv sistemasining ham
toliqqanidan darak beradi. Bu toliqishni esa jismoniy
mashqlar va sport yordamida
yo‗qotish mumkin. Jismoniy mashqlar ta‘sirida muskullarning oziqlanishi, ya‘ni
ularning qon bilan ta‘minlanishi kuchayadi. Ma‘lumki, jismoniy harakat natijasida
faqat muskullarning orasidan o‗tuvchi behisob mayda qon tomirlar (kapilyarlar)ning
oralig‗i kengayibgina qolmay, shu bilan birga ularning miqdori ham ko‗payadi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanuvchi
kishilarning muskullarida
kapilyarlarning miqdori mashq qilmagan kishilardagiga nisbatan ancha ko‗p bo‗ladi,
binobarin, to‗qimalarda va bosh miyada qon aylanishi ham mashq qilmagan
kishilardagiga nisbatan ancha yaxshi bo‗ladi. Rus olimi Sechenev miya faoliyatining
riyojlanishida muskullar harakatining ahamiyati borligini ko‗r satib o‗tgan. Jismoniy
mashqlar bilan harakatga keltirilgan muskullar markaziy nerv sistemasining ta‘siri
ostida yuz beradigan murakkab kimyoviy o‗zgarishlar natijasida tetiklik, yengillik va
quvnoqlik tuyg‗ularini hosil qiladi. Jismoniy mashqlarni bajarayotganda kislorod
nihoyatda ko‗p talab qilinadi, mana shuning uchun ham muskul sistemasi qanchalik
ko‗p ishlasa, qon aylanish qonunlarini ochgan ulug‗
olim Garvey tomonidan
«organizmimizning quyoshi, uning hayot manbai» deb atalgan o‗pka bilan yurak
shunchalik shiddatli ishlaydigan bo‗ladi deya takidlaydi. Jismoniy mehnat yoki sport
bilan shug‗ullanmay, osoyishta hayot kechiradigan odam yuragining faoliyati
shundan iborat bo‗ladiki, u o‗zining har bir qisqarishida 50—60 gramm qonni chap
yurak qorinchasidan aortaga otib beradi. Bir sutkada yurak yuz ming martaga yaqin
qisqaradi. Agar u haydab bergan qon biron hovuzga yig‗iladigan bo‗lsa, bir sutkada
salkam 6000 litrni tashkil qilgan bo‗lar edi. Yurak har bir qisqarganida 1 kilogramm
yukni 20 santimetr balandlikka ko‗targanchalik ishni bajaradi. Agar yurakni ko‗tarma
mashinaning motori singari ishlashga majbur etish mumkin bo‗lganida, u bir soatda
odamni 12 metr balandga, ya‘ni taxminan binoning to‗rtinchi qavatiga olib chiqolgan
bo‗lar edi. Muntazam ravishda mashq qilish natijasida
yurak juda katta kuch bilan
ishlashga moslashadi. Mashq qilib shaylangan odamning yuragi hatto tinch holatda
ham har qisqarishida aortaga 80 grammdan 100 grammgacha qon haydab beradi.
Yaxshi sportchi doimo zo‗r kuch bilan ishlagan vaqtida uning yuragi har qisqarganida
aortaga
200
grammgacha
qon
haydab
beradi,
vaholanki,
sport
bilan
shug‗ullanmaydigan odam ham xuddi shunday kuch sarflab ishlaganda, uning yuragi
har qisqarganida aortaga zo‗r-bazo‗r 100 gramm qon hayday olishi mumkinligi
isbotlangan. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‗ullanish tomir urishi tezligiga,