Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 513 www.ares.uz
to‗qimalariga ham bir xilda taalluqlidir. Jismoniy mashqlar muskul to‗qimasi singari
suyak to‗qimasiga ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bu faktni ayrim muskul gruppalariga
boruvchi nervlarni qirqib qo‗yish yo‗li bilan o‗tkaziladigan qiziq tajriba orqali
isbotlash mumkin. (Bu nervlar qirqili- shi bilan muskullarning ishi to‗xtab qoladi).
Bunday holat bir «necha oy davom etganidan
keyin suyaklar ochilib, tekshirib
ko‗rilganda quyidagi o‗zgarishlar yuz berganligi aniqlangan. Hayvonlarning qirqilgan
nervli muskullar birikkan suyaklari eniga va bo‗yiga o‗sishdan to‗xtab qolgan, chunki
muskullar paralichlangan holatda bo‗lib, suyaklarni harakatlantira olmas edi. Bu
suyaklar harakatsizlik natijasida nimjon va mo‗rt bo‗lib qolgan. Nervlari qirqilmagan
va shu tufayli muskullari normal ishlab turgan boshqa tajriba nazoratidagi
hayvonlarning
suyaklari esa eniga ham, bo‗yiga ham to‗g‗ri rivojlanganligi
kuzatilgan. Suyaklardagi muskul paylari kelib birikadigan bo‗rtma va o‗siqlar
jismoniy mehnat qiluvchi kishilarda hamda jismoniy mashqlar bilan ko‗pdan buyon
shug‗ullanuvchi
sportchilarda, ayniqsa, yaxshi rivojlanganini anatomlar allaqachon
qayd qilganlar. Faqat jismoniy mehnat va sport bilan shug‗ullanuvchi kishilardagina
qo‗l va oyoqlarning rentgen suratida bo‗rtma va o‗siqlar aniq ko‗rinib turadi, bu esa
muskullarning qisqarish kuchi ta‘siriga duchor bo‗lib turadigan joylarning yaxshi
rivojlangani, o‗sgani va mustahkamlanganidan dalolat beradi.
Sport bilan
shug‗ullanmaydigan Kam harakat kishilarda ana shu bo‗rtmalar rentgen suratida zo‗r-
bazo‗r ko‗zga ilinadi.
Jismoniy mashqlarning ta‘siri ostida muskullarda kattagina
o‗zgarishlar ro‗y beradi. Har birimiz yaxshi bilamizki,
agar gavdamiz muskullari
uzoq vaqt harakatsiz turib qolsa, bo‗shashib, quvvatsizlanadi va kichraya boshlaydi.
Bunday holatni kabinet xodimlarida yoki sinish-chiqish natijasida qo‗l yoki oyog‗i
gipslab qo‗yilgan bemorlarda uchratish mumkin. Sport bilan muntazam
shug‗ullanish, muskul tizimlariga jismoniy mashqlarning doimo ta‘sir etishi — bu
tizimning mustahkamlanishiga, rivojlanishiga va hajmining
kattalashuviga yordam
beradi. Binobarin, agar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishni keksayib
qolgunga qadar ham to‗xtatilmasa, gavdaning tashqi ko‗rinishi o‗zining
butun
go‗zalligini saqlab qoladi hamda kishida sport bilan shug‗ullanmagan 50—60
yoshlardagi odamning gavdasini ko‗rgandagidek achinarli taassurot qoldirmaydi.
Masalan, 55 yoshli I. Poddubniy, 60 yoshlik K. Bul, A. Buxarov va boshqa ko‗pgina
kishilarning bir necha yillar davomida mashq qilib chiniqqan muskul tizimi
muskullarning hajmi va mustahkamligi jihatidan hali anchagina yosh bo‗lgan
sportchilarning muskul sistemasidan qolishmasligini amaliyot kursatgan. Aksincha,
bir vaqtlar mashhur sportchi bo‗lgan va keyinchalik sportni butunlay yig‘ishtirib
qo‗ygan kishilar 40-45 yoshga borganlarida gavdalarini yog‗ bosib, haddan tashqari