Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-512-517 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 514 www.ares.uz qorin solib yuborganlar. Bir vaqtlar dong taratgan mashhur polvonlar, bokschilar va
gimnastikachilarda ham yoshlikda qattiq jismoniy mehnat va sport bilan shug‗ullanib,
keyinchalik urinmay hayot kechira boshlagan kishilarga o‗xshab, muskul to‗qimalari
odatda kichiklashadi va ular o‗rnini yog‗ to‗qimalari egallaydi. Muntazam jismoniy
mashqlar natijasida muskullar bo‗yiga emas, balki muskul tolalarining
yo‗g‗onlashishi hisobiga, eniga qarab o‗sadi. Muskullarning hajmi ko‗pincha juda
ham kattalashib ketadi. Muskullarning «kuchi faqat ularning yo‗g‗onligigagina emas,
balki markaziy «nerv sistemasidan muskullarga kelib turadigan nerv impulslarining
kuchiga ham bog‗liqdir. Doimo jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanuvchi shaylangan
odamda markaziy nerv sistemasidan muskullarga kelib turuvchi nerv impulslari
muskullarni mashq qilib shaylanmagan kishilardagiga nisbatan zo‗rroq kuch bilan
qisqarishga majbur etadi, muskullarning jismoniy mashqlar ta‘sirida vujudga
keladigan yana bir xususiyati — cho‗ziluvchanligining kuchayishidir. Bu esa ish
faoliyatining xususiyatiga ko‗ra, uzoq vaqt bir xil vaziyatda o‗tirishga majbur
bo‗ladigan, masalan, stolda o‗tirib yozuv-chizuv bilan, rasm chizish va hokazo ishlar
bilan band bo‗ladigan va shu sababli gavda hamda bo‗g‗imlarining harakatchanligi
yo‗qola boradigan yoshi ulg‗aygan kishilar uchun ayniqsa muhimdir. Uzoq vaqt
mana shunday bir xil vaziyatda bo‗lish gavdaning to‗g‗ri formasini, qo‗l va
oyoqlarning xaqqonligini yo‗qotishga olib keladi. Bo‗g‗imlar harakatchanligining
kamayishi va gavdaning bukrisimon, bukchaygan bo‗lib qolishi — hayotimizda tez-
tez uchrab turadigan voqeadir. Bu holatlar ayrim muskul gruppalarida
cho‗ziluvchanlikning yo‗qolishi natijasida kelib chiqadi. Juda kam cho‗ziladigan pay
bog‗lamlarining aksicha, muskullar juda yaxshi cho‗ziluvchan bo‗lib, hatto o‗rta va
keksa yoshdagi odamlarda ham bu xususiyatini saqlab qoladi.»