Xаsаnovа sаidаxon gаnijonovnа mаktаbgасhа yoshdаgi bolаlаrdа xаvotirlаnishni diаgnostikа qilish vа korreksiyаlаsh



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə6/50
tarix19.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#185068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
1.Saida Xasanova diss 21.06

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanishning darajaviy ifodalanishida emotsional holatlarni indifferent idrok etilishining hissiy o‘zini-o‘zi qabul qilishga identifikatsiyasi tufayli shaxsiy va vaziyatga oid omillarning integrativ namoyon bo‘lishi dalillangan;
boladagi xavotirlanish darajasini baholashda ota-onaning bolani “emotsional rad etishi” bilan bog‘liq ravishda tortinchoqlikning ortishi va o‘z-o‘zini qadrlash hissining pasayishi shaxslararo munosabatlarda intensiv namoyon bo‘lishi tufayli o‘z-o‘ziga beradigan bahoning hissiy komponenti yetakchi mezon ekanligi dalillangan;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanish darajasini psixokorreksiyalash uchun onadagi xavotirlarni bolaga proyeksiyalanishini “ona psixoemotsional holatini konstruktiv transformatsiyalash” asosida chegaralash muhimligi tufayli ona-bola munosabatlariga integrativ o‘yin texnologiyalari orqali ta’sir etish zarurati isbotlangan;
boladagi o‘z-o‘zini qadrlash darajasini oshirish orqali xavotirlanish hissini psixokorreksiyalashda nizolashuvchanlik, aybdorlik hissi, tortinchoqlik sifatlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish axloqiy hislarni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli irodaviy sifatlarni shakllantirish ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” fanidan o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan; (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 30.12.2022-yildagi 429-sonli buyrug‘i)
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishning tashkiliy-metodik qo‘llab-quvvatlashga asoslangan dasturiy ta’minot (psixolog-portali.uz) ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Intellektual mulk agentligi guvohnomasi: № DGU 14267);
maktabgacha yoshdagi bolalarda xavotirlanishning psixokorreksion mashg‘ulotlari o‘yin tamoyillariga asoslangan dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Intellektual mulk agentligi guvoxnomasi: № DGU 22187);
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalardagi xavotirlanish holatlarining oldini olishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin