Xаsаnovа sаidаxon gаnijonovnа mаktаbgасhа yoshdаgi bolаlаrdа xаvotirlаnishni diаgnostikа qilish vа korreksiyаlаsh



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə5/50
tarix19.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#185068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
1.Saida Xasanova diss 21.06

Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yosh davri bolalarida xavotirlanish holatlari namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini aniqlash va xavotirlanishni korreksiya qilishning amaliy imkoniyatlarini oshirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanishning darajaviy ifodalanishini shaxsiy va vaziyatga oid omillarning integrativ namoyon bo‘lishini empirik tadqiq etish;
xavotirlanish darajasini baholashda ota-onaning bolani “emotsional rad etishi” bilan bog‘liq ravishda tortinchoqlikning ortishi va o‘z-o‘zini qadrlash hissining pasayishi yetakchi mezon ekanligini ilmiy tadqiq etish;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xavotirlanish darajasini psixokorreksiyalash uchun ona-bola munosabatlariga integrativ o‘yin texnologiyalari orqali ta’sir etish muhimligini aniqlash;
boladagi o‘z-o‘zini qadrlash darajasini oshirish orqali xavotirlanish hissini psixokorreksiyalashda irodaviy sifatlarni shakllantirish ustuvor harakterga ega ekanligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti sifatida maktabgacha yoshdagi bolalarda xavotirlanishni diagnostika qilish va korreksiyalashni tadqiq etish jarayoni belgilangan bo‘lib, Andijon shahridagi 33-sonli MTT, Andijon tumanidagi 15-sonli MTT, Samarqand shahridagi 94-98-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan jami 218 nafar 5-6 yoshli bolalar respondentlar guruhini tashkil etgan.
Tadqiqot predmetini maktabgacha yoshdagi bolalarda xavotirlanishni diagnostika qilish va korreksiyalash jarayonini tashkil etadi.
Tadqiqot usullari. Tadqiqotda suhbat, kuzatish metodlari, shuningdek, R.Temml, M.Dorki, V.Amenlarning “Bolalar xavotirlanish darajasini aniqlash” metodikasi, bolalarning o‘zini-o‘zi qadrlash darajasini aniqlovchi T.D.Martsinkovskayaning “Zina”, G.Xomentauskas bolaning o‘z oilasi haqidagi tasavvurlarini o‘rganishga “Oila rasmi” proyektiv metodikalaridan olingan natijalarning ishonchlilik darajasi matematik statistika metodlaridan Styudentning t-mezoni, K.Pirsonning r-korrelyasiyasi koeffitsiyenti orqali tasdiqlangan.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin