Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

Soya teatri
– qo‘g‘irchoq teatrining o‘ziga hos turlaridan hisoblanadi. Unda 
qo‘g‘irchoqlar emas balki shakllardan iborat o‘yinchoqlar o‘ynaydi. Tomosha 


67 
qiluvchilar saxna ro‘parasida o‘tirib, ekranda yorug‘lik orqali harakatlanayotgan 
soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko‘rishi mumkin. 
Soya teatr uchun odam va hayvon soyalarini bolalarning o‘zlari chizib, qirqa 
oladilar. Bolalarga shakllarni boshlari dumlarini qimirlatadigan qilishni o‘rgatish 
kerak, buning uchun tarbiyachi yordamida detallarni simlar bilan biriktirib, spiral 
holatda aylantirib qo‘yiladi. Harakatlanuvchi qismlar qattiq simdan tayyorlanadi. 
Bunday o‘yinchoqlarni shablon yordamida yoki o‘zlari o‘ylab, siluet chizadilar. 
Bolalar detallarni qirqib olganlaridan so‘ng figuraga ko‘zini qilish kerakligi taklif 
etiladi. Tarbiyachi ko‘z o‘rnini o‘tkir asbob bilan teshib beradi, bolalar qalam yoki 
mo‘yqalam tayoqchasi bilan teshikchani kengaytiradi va yaltiroq qog‘oz bilan
ko‘zini yelimlaydi. Bolalar yelimga qora bo‘yoq aralashtirib ko‘zini chizib 
qo‘yishlari mumkin.
Teatrni ko‘rsatishlari uchun tarbiyachi ekranni yupqa matodan yoki kalka 
qog‘ozidan 2x1,5 metrli ramkaga sirib tayyorlanadi. 100 voltli lampa kerak. 
Chiroq quti ichiga joylashtiriladi, ichini qora rangga bo‘yaladi. Tarang qilib 
sirilgan matoga qog‘ozdan dekoratsiya jihozini applikatsiya qilib qo‘yish mumkin. 
Bolalar o‘zlari tayyorlagan figuralarni ekranda ko‘rib, shodliklari beqiyos 
bo‘ladiki, ularning kichik shakllari mo‘jiza bo‘lib ko‘rinadi. Soya teatrini bolalarga 
kattalar qo‘yib beradilar. 
Avvalo karton yoki faner 
orqali ekran yasalib‚ ekranni yupqa 
oq 
doka 
surp 
bilan 
tortib 
mahkamlanadi. So‘ngra har bir 
guruh yoshiga mos ravishda ertakni 
tanlab 
uning 
qahramonlarini 
kartonga tushirib, juda ehtiyotkorlik 
bilan qirqiladi. Keyin uni qora guash 
bilan bo‘yaladi va qirqiladi. So‘ngra 


68 
chiroq ya’ni yorug‘lik tushirib‚ sahnalashtirilgan ertak namoyish qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin