69
davomida dekoratsiya o‘zgarib turishi kerak bo‘lsa, kitob sifatli qilib birlashtirilgan
kartonga yopishtirilishi lozim. Uning har bir sahifasida bitta dekoratsiya bo‘ladi.
Agar quyonni yasash kerak bo‘lsa, avval butun figurani, so‘ngra uning
oldingi oyog‘ini bir oz uzunroq yasab qirqib olinadi. Bu old oyoqqa sim
o‘tkaziladi. U mana shu sim vositasida boshqariladi. Tayyorlab qo‘yilgan old
oyoqqa teshik qilinib ip o‘tkaziladi, ipning bir uchi oyoqqa bir parcha qog‘oz bilan
tutashtiriladi va ipning ikkinchi uchi figuradan o‘tkazilib tarangroq qilib tortiladi
va figuraning ich tomoniga yopishtirib qo‘yiladi. Quyida ertak asosida stol teatri
qahramonlari namunalari berilgan:
Dostları ilə paylaş: