112
Harakatlanuvchi figuralar-dergulchiklar
ham shu prinsipda tayyorlandi, faqat
orqa tomonda qo‘l va oyoqlar juftlab o‘zaro
yondosh tarzda tik ip bilan
birlashtirilgan, uni pastki tortilganda qo‘l va oyoqlar yuqoriga harakatlanadi va
oyoqlar oldingi holatiga qaytadi. Ayrim detallar o‘zaro, qo‘l va oyoqlar tanaga ikki
xil usulda tayyorlanuvchi sharnirlar bilan biriktiriladi.
Sharnirlar simdan
tayyorlanadi. Bir detalni ikkinchisi bilan ko‘rsatilgan joyda biriktirib,
bigiz bilan
ingichka sim va nina sig‘adigan teshik teshiladi. Ninaga avval figuraning bir
tomonidan, so‘ngra ikkinchi tomonidan sim o‘raladi, natijada prujina hosil bo‘ladi
(simni ko‘p o‘ramaslik kerak). Prujina ikki tomondan siqiladi, bunday sharnirdagi
detallar yaxshi harakat qiladi. Prujina ustiga qog‘oz yopishtiriladi. Sharnirlarni
yo‘g‘on ip va gugurt cho‘pi yordamida ham qilish mumkin, biroq uzoq chidamay
uzilib ketadi, shuning uchun ularni ma’lum vaqtdan
keyin almashtirish kerak
bo‘ladi. Yassi klapan biriktirish bilan qiziqarli o‘yinchoqlar yasash mumkin.
Harakatli «Ayiqcha» o‘yinchog‘ini qismlarini biriktirish sxemasi
113
Quyida sizga harakatlanadigan o‘yinchoqlarni yasalish yo‘lini ko‘rsatuvchi
namunalarni beramiz. Bunday o‘yinchoqlarni yana qanday usuldabajarish
mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.
Dostları ilə paylaş: