8. Mustaqil ishini rasmiylashtirish. Mustaqil ishini rasmiylashtirish belgilangan talab va standartlarga javob berishi kerak.
Mustaqil ishi matni sahifaning ma’lum chegaralarida joylanishi chizma va jadvallarni rasmiylashtirilishi, bir xil formatdagi oq qog‘ozlardan foydalanilishi ishni sifatli va umumiy talablar bo‘yicha yoritilishiga olib keladi.
Mustaqil ishi asosan A4 (210x297 mm) farmatidagi oq qog‘ozlarga ko‘k tushda (ruchkada) tushunarli tarzda, qisqartirishlarsiz, aniq va ravon tilda o‘z qo‘li bilan davlat tilida (rus guruxlarda rus tilida) yoziladi. Mustaqil ishi xajmi 15 -20 betni tashkil etishi lozim. Xar bir sahifani chap tomonda 30 mm, o‘ng tomondan 15 mm tepa va pastki tomondan 20 mm qoldirilgan holda yoziladi. Mustaqil ishi matnlari qog‘ozning bir tomoniga xar sahifaga 25- 30 qator yoziladi. Har qatorda 7-8 ta so‘z joylashishi mumkin. Barcha satr osti izohlari qaysi sahifaga tegishli bo‘lsa, o‘sha sahifada keltiriladi.
Har bir qism, kirish asosiy va xulosa qismlari, ilovalar yangi sahifalardan boshlanadi. Qismning nomi va matn orasi yaqqol ajralib turishi kerak. Qismdagi sarlovhalar qismning tartib raqami bilan boshlanib, unda so‘zlarning bo‘g‘in ko‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sahifa tartib raqami sahifaning pastda o‘rta–qismida keltiriladi. Mustaqil ishida keltirilgan qismlar, shuningdek, ilovalar ham sahifalanadi. Jild varag‘i 1-bet sanaladi, unga tartib raqami qo‘yilmaydi.
Mustaqil ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: jild varag‘i, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar.
Jild (titul) varag’i mustaqil ishining 1- beti bo‘lib, unda Vazirlik, oliy o’quv yurtining nomi fakultet va kafedra, mustaqil ishi mavzusi, ta’lim yo‘nalishi, kursi, guruxi, muallifning familiyasi, ismi va sharfi, ilmiy raxbarning ilmiy unvoni va darajasi, familiyasi, ismi va sharifi keltiriladi. (1-ilova).