Nazariy qism: Yo‘lning ekspluatatsiyon holati – yo‘lning o‘zgarivchan ko’rsatgichlari yani yo‘l to’shamasi, mustahkamligi, yo‘l ustki yuzasi holati, qatnov qismi va yo‘l cheti haqiqiy foydalanuv kengligi, qoplama ravonligi va tishlashish sifati, yo‘l belgi chizig‘i, muhandislik jihozlari xolati transport vositalari va meterologik sharoit tasiridan, hamda saqlash darajasiga bog‘liq ravishda meyoriy talablarga muofiq kelish darajasi hisoblanadi.
Shahar yo‘llarini ta’mirlash ishlari 2 turga bo‘linadi.
Joriy ta’mirlash ishlari
Mukammal ta’mirlash ishlari
Yo‘llarni joriy ta’mirlash – yo‘lning butun uzunligi bo‘ylab yil mobaynida amalga oshiriladigan yo‘l va yo‘l inshootlarining mayda shikastlanishlarini oldini olish va tuzatish yo‘li bilan bajariladigan foydalanish ko‘rsatkichlarini saqlash bo‘yicha kompleks ta’mirlash ishlari;
Mukammal ta’mirlashning vazifasi-ta’mirlanayotgan yo‘l uchun belgilangan toifa talablariga mos ravishda tasdiqlangan texnik xujjatlar asosida yo‘l va yo‘l inshootlari elementlari qurilmalaridagi geometrik o‘lchamlarni mustahkamlik va boshqa texnik ko’rsatkichlarni, emirilishlarni tiklashdan iborat. Mukammal ta’mirlash-ta’mirlanayotgan yo‘lning butun uzunligi bo‘yicha inshootlar yoki alohida elementlar majmuidan iborat.
Shahar yo‘llari va yo‘l inshootlarini saqlash vazifasi - Yo‘lni saqlash ishlaridan asosiy maqsad, yo‘lning qatnov qismini transport-foydalanish ko‘rsatkichlarini sifatlarini barqaror ushlab turishdan iborat bo‘lib, bunda transport vositalarining ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan nuqsonlar, muzlab ko‘pchish, ortiqcha namlanish, tabiiy iqlim ta’siridan keladigan buzilishlarni yo‘qotishdir. Bular muntazam ishlar sirasiga kirib, ular yo‘llarni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarning texnika vositalari, moddiy va mehnat resurslari bilan bajariladi.
Shahar yo‘llarini ta’mirlash va saqlash xizmatining asosiy vazifalari quyidagilarni tashkil qiladi:
yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlari tasnifiga va ta’mirlashlar oraliq muddatini ta’minlashga muvofiq avtomobil yo‘llarini o‘z vaqtida va sifatli saqlash hamda ta’mirlashni tashkil qilish;
piyodalar va transport vositalari harakat xavfsizligini, yo‘l va inshootlar texnik va ekspluatatsion holatini oshirish bo‘yicha yillik va istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yo‘l va ko‘priklarning harakat uchun xavfli bo‘laklarini aniqlash va hisobga olish, shu bilan birga yilning turli davrlarida harakat xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;