Xavfsizlik uchun eng maqbul tanlov



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə6/19
tarix23.05.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#120272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Dilshodga chala

Nuqsonlar qaydnomasi


Yo‘lning transport-foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlangandan keyin, ushbu ma’lumotlar asosida nuqsonlar qaydnomasi ishlab chiqiladi.


NUQSONLAR QAYDNOMASI
6-jadval

Yo‘l uchastkalari

Avtomobil yo‘lini xolati

Qabul qilinga chora-tadbirlar

PK0+00–PK10+00

- Tishlashish koeffitsenti – me’yor bo‘yicha 0.40, mavjud yo‘lda esa 0.30;
- Hisobiy tezlikning ta’minlanish koeffitsienti – joriy ta’mirlashr;
- Nisbiy avariyalik koeffitsienti – xavfli.

joriy ta’mirlashr

PK10+00–PK15+00

- Tishlashish koeffitsenti – me’yor bo‘yicha 0.40, mavjud yo‘lda esa 0.33;
- Hisobiy tezlikning ta’minlanish koeffitsienti – joriy ta’mirlash;
- Nisbiy avariyalik koeffitsienti – xavfli.

joriy ta’mirlashr



Nazariy qism


Yo‘llarni joriy ta’mirlash bu– avtomobil yo‘lining butun uzunligi bo‘ylab yil mobaynida amalga oshiriladigan yo‘l va yo‘l inshootlarining mayda shikastlanishlarini oldini olish va tuzatish yo‘li bilan bajariladigan foydalanish ko‘rsatkichlarini saqlash bo‘yicha kompleks ta’mirlash ishlaridir.
Joriy tamirlash ishlari, yo‘llarning kilometr o'lchov birligida rejalashtiriladi. Joriy tamirlashning vazifasi - yo‘l qoplamasidagi, yo‘l ko‘tarmasidagi, suv qochirish tizimidagi, sun’iy inshootlardagi, mustahkamlovchi, himoyalovchi inshootlardagi, yo‘l xo'jalik korxonalari va infra tuzilmalar imoratlaridagi, yo‘l jihozlaridagi, dam olish joylari va tarixiy obidalarga borish yo‘llaridagi, tutashmalar va o'tish joylaridagi doimiy yuzaga keluvchi kichik buzilishlarni bartaraf qilishdan va boshqa tabiiy ofatlardan saqlash bo'yicha ehtiyot choralari hisobga olingan holda ishlarni amalga oshirishdan iborat.
Joriy ta’mirlash, qoidaga ko‘ra, avtomobil yo‘lining butun uzunligida doimiy ravishda bajariladi hamda yo‘l-foydalanish tashkilotining ta’mirlovchi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini joriy ta’mirlash texnik tekshirishlar va texnik ko‘riklar (bahorgi, kuzgi va davriy) natijalari yoki nuqsonlar qaydnomalari asosida tuzilgan bajariladigan ishlarga qarab belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari yoki xarajatlar smetalari doirasida amalga oshiriladi.
Qoplamaning tekisligi va ilashish sifatlari cheklangan yo‘l qo‘yiladigan qiymatgacha pasaygan yoki avtomobil yo‘li elementlarida va yo‘l inshootlarida buzilishlar va yemirilishlar to‘planib qolganda yo‘l qoplamasi va yo‘l inshootlarining holatlarini texnik tekshirishlar va texnik ko‘riklardan o‘tkazish natijalari avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlashni tayinlash uchun mezon hisoblanadi.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin