Xborot tizimlari Reja: Jamiyatni axborotlashtirish va istiqbol g‗oyalar



Yüklə 253,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix16.05.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#113762
1   2   3   4   5   6   7
4- Ma`ruza

Axborotlashgan jamiyat – ko`pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy 
shakli bo`lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band 
bo`lgan jamiyatidir. 
Axborotlashgan jamiyatning o`ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo`ladi:

axborot iqtisodiyotining rivojlanishi; 

axborot tangligini bartaraf etish; 

axborot texnologiyasining globalligiga erishish; 

turli axborot resurslariga erkin kirib borilishi; 

axborot resurslarining ustunligini ta'minlash; 

yangi axborot texnikasi va texnologiyalarini keng qo`llash; 

boshqaruv faoliyatida axborotdan samarali foydalanish. 
Axborotlashgan jamiyatda inson axborot bilan ishlash bo`yicha ma'lum darajadagi 
axborot madaniyatiga ega bo`lishi zarur. Buning uchun shaxsni axborotni tez qabul qilish va 
katta hajmini qayta ishlash, zamonaviy vositalar, usullar va texnologiyalardan foydalanishga 
tayyorlash lozim. 
Axborot madaniyati deganda – jamiyat a'zolarining axborotdan maqsadli foydalanish, 
axborotni qayta ishlash va uzatish, zamonaviy texnik-tashkiliy vositalardan va usullaridan 
foydalanish ko`nikmalariga ega bo`lishi tushuniladi.
Axborotlashgan jamiyat quyidagi jihatlarda namoyon bo`ladi: 

texnik qurilmalardan foydalanish ko`nikmalariga ega bo`lish; 

o`z faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish; 
1
O`zbеkiston Rеspublikasining ―Axborotlashtirish to`g`risida‖ gi Qonuni. Toshkеnt shahri, 2003 yil 11 dеkabr 



turli manbalardan axborotni olishni bilish va undan samarali foydalanish; 

axborotni tahliliy qayta ishlash asoslarini egallash; 

o`z faoliyatiga taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash. 
Axborotlashgan jamiyatning shakllanish va takomillashish muammolariga bag`ishlangan 
chet el va mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlari [30,31,49,50] salmog`i oz emas. 
«Axborotlashgan jamiyat» tushunchasini birinchilar qatorida amerikalik iqtisodchi olim 
F. Maxlup ilmiy doiraga kiritgan. U monopoliya raqobatida patentlashtirish tizimining tutgan 
o`rnini statistik usullar asosida o`rganib, AQSh yalpi ichki mahsulotida axborotning miqdoriy 
jihatdan tavsiflanishini ko`rib chiqdi. Olim axborotni tovar sifatida qabul qilish kontseptsiyasiga 
asoslangan holda Amerikada kelajakda jamiyat rivojlanishining asosiy sharti «axborotlashgan 
iqtisod» bo`lishi g`oyasini ilgari surdi. 
O`z kontseptsiyasida F. Maxlup AQSh da nafaqat ilmiy-texnik axborotning, balki 
hoxlagan ijtimoiy axborotning tarqatilishi va ishlab chiqarilishining o`sishini tavsiflovchi aniq 
empirik 
materiallardan 
foydalandi.. 
Keyinchalik 
AQSh 
va 
boshqa 
mamlakatlarda 
«axborotlashgan jamiyat» kontseptsiyasini P.Drakker, D.Bell, E.Parker, M.Porat, A.Toffler, 
A.Mol, J. Stigler, K.Errou kabi bir qator iqtisodchilar oldinga surishdi. Hozirgi kunda ular olib 
borgan tadqiqotlar natijasi o`laroq milliy iqtisodda «axborot tarmog`i», «axborot iqtisodi» va 
«axborotlashgan jamiyat» kabi kontseptsiyalar vujudga kelgan. 
Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, jahon amaliyotida axborot sohasining milliy iqtisoddagi 
o`rnini aniqlash bo`yicha iqtisodiy hisob printsiplariga asoslangan ikkita eng mashhur ilmiy 
qarash mavjud bo`lib, ular F. Maxlup va M. Poratlarga tegishli. 
F. Maxlup bilimlarning u yoki bu soha faoliyatida tutgan o`rnini har tomonlama 
o`rgangan hamda milliy iqtisod sohalarini yangicha guruhlashtirishning sintezini va bilimlar 
industriyasini mohiyat jihatidan belgilab oldi.
Iqtisodchi olim F. Maxlup birinchilardan bo`lib milliy boylikning qanday qismi axborot 
mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va tarqatish hisobiga vujudga 
kelishini hamda bilim, umuman u bilan bog`liq bo`lgan yalpi milliy mahsulot qismini aniqlash 
masalasini ko`ndalang qo`ydi. U AQSh milliy iqtisodini to`la tadqiq qildi va bilimlar yaratadigan 
30 ta tarmoqni belgilab oldi hamda ularni 5 ta guruhga ajratdi: maorif; ilmiy tadqiqot va ishlab 
chiqarish; aloqa va ommaviy axborot vositalari; axborot mashinalari va vositalari; axborot 
xizmatlari.
Doktor Mark Uri Porat esa mavjud milliy hisoblar tizimiga asoslangan holda milliy 
iqtisodda axborot faoliyatining hajmini belgilashga intildi. Uning ilmiy qarashi qabul qilingan 
statistika tizimi asosida milliy iqtisoddagi mavjud axborot faoliyati turlarini aniqlashdan iborat 
bo`lgan. Ushbu tadqiqotning asosida «axborot bilan bog`liq faoliyat zamonaviy jamiyatning eng 
asosiy elementlaridandir» degan fikr yotadi. Uning fikricha, rivojlangan mamlakatlarning 
iqtisodi mazmunan ishlab chiqarishdan «axborotlashgan»ga aylanmoqda. M. Poratning tadqiqoti 
asosan ikkita maqsadni ko`zlagan, ya'ni axborot bilan bog`liq faoliyatni aniqlash va uning 
hajmini hisoblashdir. Axborotni ishlab chiqarayotgan tarmoqlar qo`llayotgan texnologiya, ishlab 
chiqayotgan mahsulot va ko`rsatayotgan xizmatlari shunchalik xilma-xilki, ularni bitta yagona 
tarmoqqa birlashtirish o`ta mushkul. Ammo ularning barchasi axborot mahsulotlarini ishlab 
chiqarish, qayta ishlash, saqlash va tarqatishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham ular 
«axborotlashgan» degan yagona faoliyatda birlashadi. 
Amaliyoti 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
fan 
va 
axborot-kommunikatsiyalar 
texnologiyalarining takomillashib borishi axborotlashgan jamiyatni shakllantirish bo`yicha 
o`zining nazariy takliflarini bergan olimlarning g`oyalari o`z o`rnini topayotganini 
ko`rsatmoqda. 
Bashorat 
qilishlariga 
qaraganda, 
butun 
jahon 
mamlakatlari 
yagona 
kompyuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan kishilar jamiyatiga aylanib boradi. Tadqiqotlar 
axborotlashgan jamiyatga xos bo`lgan quyidagi xususiyatlarni belgilab berdi: 
•axborot tanqisligi muammosi hal etiladi; 
• boshqa resurslarga nisbatan axborot resurslari birlamchi o`ringa chiqadi; 


• axborotlashgan iqtisod rivojlanishning asosiy shakli bo`lib xizmat kiladi; 
• jamiyat taraqqiyotining negizi bo`lib axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlarini 
keng qo`llash shartlari qo`yiladi; 
• insoniyat taraqqiyotining yagona axborot maydoni shakllanmoqda. 
Hozirgi bosqichda ilmiy-texnikaviy rivojlanishning asosiy xususiyatlaridan biri - 
axborotning jamiyatdagi rolini belgilab olishdir. 
Shu o`rinda mazkur muammoga bag`ishlangan respublikamizning tanikli olimlari 
akademiklar V.Q. Qobulov, S.S. G`ulomov, professorlar A.A. Abdug`afforov, R.X. Alimov, 
M.Irmatov, T.Sh. Shodiev, D.N. Ahmedov, B.M. Ismoilov, Z.T. Odilova va boshqalarning ilmiy 
ishlarini ta'kidlab o`tish joizdir. 
Akademik V.Q. Qobulov ta'kidlaganlaridek, «Iqtisodiy kibernetika, ijtimoiy ishlab 
chiqarishning siyosiy-iqtisodiy tahliliga asoslangan holda, axborot va materiallarni tubdan 
o`zgartirib yuborishning iqtisodiy tizimi doirasida ko`radi». 
Axborot tanqisligi bilan bog`liq bo`lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga tushadi. Ayni 
paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg`or texnologiyalarni ishlab chiqish va 
foydalanish bo`yicha eng ko`p axborotga ega bo`lgan tizim yutib chiqmoqda. 
Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini sanoat 
rivojlanishi sharoitida bozor iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri deb hisoblaydi. 
Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishining asosiy sohalari u yoki bu ma'noda axborot 
bilan bog`liq bo`lib, ish bilan band bo`lganlarning 40-60 % ini tashkil etadi. Axborot xizmatlari 
jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadining 10 % ini tashkil qilmoqda. Shuning 90 % i 
AQSh, Yaponiya va G`arbiy Evropa hissasiga to`g`ri keladi. 
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati rivojlangan barcha 
mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o`z foydalanuvchilariga etkazishning «usullari va vositalari» 
ni ishlab chiqish hamda joriy etish jadal sur'atlarda olib borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va 
texnologiyalari sanoatini yaratishda o`z aksini topgan. 
Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlan-tirish bo`yicha 
vazifalarni hal etish uchun 2002 yil 30 mayda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini 
joriy etish to`g`risida» gi Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 
axborotlashtirishning milliy tizmlari barpo etilishini, iqtisodiyotga va jamiyatning har bir a'zosi 
hayotiga kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari ommaviy joriy etilishi uchun shart-
sharoitlarni ta'minlaydi, jahon bozorida mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini 
oshiradi. 
Farmonda va hukumat qarorida belgilangan dasturiy chora-tadbirlarning amalda ro`yobga 
chiqarilishi boshqaruvning barcha tarmoq va mintaqaviy organlariga, iqtisodiy va madaniyatning 
barcha sohalariga, umuman, jamiyatga daxldordir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun 
maxsus «Kompyuterlash-tirishni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 
bo`yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash» tashkil etildi. Joriy yilda Kengashga 2010 yilgacha 
bo`lgan davrda telekommunikatsiyalar va ma'lumotlar uzatishning milliy tarmog`ini 
rivojlantirish; davlat boshqaruviga elektron texnologiyalarni joriy etish; eletron tijoratni 
rivojlantirish bo`yicha dasturlarni tayyorlash topshirildi. 
Prezident Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi va 2002-
2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 
dasturini tasdiqladi, Unda telekommunikatsiyalar va ma'lumatlar uzatishni rivojlantirish, axborot 
resurslaridan foydalanish, Internet tarmog`ida o`z saytlarini yaratishning maqsadli yo`nalishlari 
belgilandi. 

Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin