Tizimning murakkabligi uning tarkibidagi qismlarning ichki va tashqi bog‗liqlari va
dinamik o‗zgarishlariga bog‗liq.
Tizimning bo‘laklanishi uning ko‗p quyi qismlardan yoki elementlardan iborat
bo‗lishidir, va ular ma‘lum maqsadga erishish uchun yo‗naltirilgan.
Tizimning yaxlitligi – bu elementlar to‗plami, umumiy maqsadga erishishga
mo‗ljallangan.
Tizim qismlarni ko‘p tamoyilligi va ularni o‘zaro farqlanishi – ularning funksional
vazifasi har xilligi va avtonom ishlay olishida.
Tizimni tarkiblanishi uning ichki aloqalarini iyerarxiklik pog‗onasi bo‗yicha
taqsimlanishidadir.
Boshqaruv vazifasi amalga oshiriladigan tizim, odatda, boshqaruv tizimi deyiladi. U
boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarni o‗z ichiga oladi. Boshqaruv tizimining ishi
boshqaruvchi va boshqariluvchi quyi tizimlarning o‗zaro hamda tegishli aloqa kanallari bo‗yicha
tashqi muhit bilan aloqalari yordamida amalga oshiriladi.
Tizimlar umumiy nazariyasining rivoji har xil sinflarga oid tizimlarni tadqiq etishning
zamonaviy uslublari hamda tadbirlarini yaratish bilan bog‗liqdirki, bunda turli tizimlarning
rivojlanish qonuniyatlari aniqlanadi.
Tadqiqot tizimlarini tegishli tadqiqot apparatlari tuzish bilan bog‗liq bo‗lgan nazariy,
rasmiy va amaliy kabi uchta guruxga ajratish mumkin.
Tizimli yondashuvning nazariy qismiga tizimli tadqiqotning maqsadlari hamda bir qator
manbalari, muammolarini o‗rganish kiradi.
Tizimlar namunasi Tizim Tizim elementlari Tizimning asosiy maqsadi Iqtisodiy ob'ekt
Odamlar, jihozlar, materiallar, bino va
hokazo
Tovar ishlab chiqarish
Kompyuter
Elektron va elektromexanik elementlar,
aloqa tarmoqlari va hokazo
Ma'lumotlarni qayta
ishlash
Telekommuni-
katsiya tizimi
Kompyuterlar, modellar, kabel, tarmoq
dasturiy ta'minot va hokazo
Axborot uzatish
Axborot
tizimi
Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot
va dasturiy ta'minot, odamlar
Kasbiy axborot ishlab
chiqarish